O‘zbekistonda yerni masofadan zondlash bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining “Yerni masofadan zondlash” bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi farmoyishi loyihasi e'lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (“O‘zbekkosmos” agentligi) bilan “INT TECH” MChJ o‘rtasida “Yerni masofadan zondlash” bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv hamda ustav fondi 1,0 mlrd so‘m bo‘lgan mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonani tashkil etish to‘g‘risida ta'sis shartnomasi imzolangan.
Qayd etilishicha, undan:
- 90 foiz miqdordagi ulush (900,00 mln.so‘m) ― “INT TECH” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan pul mablag‘larini kiritish evaziga shakllantiriladi;
- 10 foiz miqdordagi davlat ulushi (100,00 mln.so‘m ― “O‘zbekkosmos” agentligining Kosmik tarmoqni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan “O‘zbekkosmos” agentligi qoshida “UzAeroSpace” MChJ tomonidan pul mablag‘larini kiritish evaziga shakllantiriladi.
Quyidagilarga:
- “O‘zbekkosmos” agentligi qoshida “UzAeroSpace” MChJ qo‘shma korxonasi tashkil etish;
“UzAeroSpace” MChJ qo‘shma korxonasiga:
- uchuvchisiz uchish apparatlarini xarid qilish, olib kirish va foydalanish;
- uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanib yerlarni masofadan turib zondlash sohasida faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.
Mudofaa vazirligi uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishda ko‘pi bilan ikki kun davomida nazorat tekshiruvini amalga oshirishni tashkil etadi.
Mavzuga oid

22:22 / 18.04.2025
«O‘zbekkosmos» SpaceX bilan sun’iy yo‘ldosh uchirish imkoniyatini muhokama qildi

14:11 / 15.02.2025
Haqiqiy sun’iy yo‘ldosh tomon ilk qadamlar – «UzCanSat» sinov parvozlaridan fotoreportaj

15:51 / 16.01.2025
«Kosmonavtimiz borib, selfi tushib qaytmasligi kerak» – nega O‘zbekiston hamon sun’iy yo‘ldosh va kosmonavtlar uchirmayapti?

12:58 / 19.12.2024