16 yanvar kuni AOKAda «Özbekkosmos» agentligi mas’ullari iştirokida Özbekistonning kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar borasidagi faoliyati yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda qatnaşgan «Özbekkosmos» agentligi bölim boşliği Muhiddin Ibragimov nega Özbekiston hamon sun’iy yöldoş uçirmayotgani borasida jurnalistlarning savollariga javob berdi.
«Özbekistonga sun’iy yöldoş kerakmi, degan savolga 2022 yilda «yöq», degandim. Sababi öşa paytda bizda yöldoş uçirişdan umuman mantiq yöq edi, çunki bozor yöq edi. Mana, aytaylik, sun’iy yöldoş uçirdingiz, uçirganingizdan keyin 100-200 million dollar soliq tölovçilarning puli işlatiladi. Ertaga menga aniq rahmat demaysiz.
Undan taşqari, boşqa heç qanday samaradorlik yöq. Çunki bozor şakllantirilmagan. Vazirlik-idoralarga borib yoki xususiy sektorga borib, sun’iy yöldoş olgan suratni beraman desangiz, oldin suratlar yopiq bölgan, işlata olmasdingiz. Vazirliklarda işlatadigan odam yöq edi.
Sun’iy yöldoşning öz yaroqlilik muddati bor, 5-7 yil uçadi. Beş yil yetti yildan keyin böldi, öçadi. Öçgandan keyin sizda tabiiy savol tuğiladi: soliq tölovçi sifatida «nima qildinglar özi?» deysiz. Şu savollarning oldini oliş maqsadida biz birinçi fundamentni tayyorladik. Bugunga kelib, hozir Özbekistonda deyarli 600 mingdan – 1 million kv/km suratlarni qayta işlaş böyiça bozor yaratildi. Ham davlat, ham xususiy sektorda.
Mana, endi bizlar sun’iy yöldoş guruhini uçiriş böyiça, men bemalol ayta olaman, işlar olib boryapmiz. Çunki prezident qarori böyiça bizga topşiriq berilgan, mana şu yerni masofadan zondlaş böyiça sun’iy yöldoş guruhini örganib çiqib, taklifini kiritişimiz kerak. Biz hozir şu böyiça turli davlatlar bilan işlayapmiz. Hisob-kitob hammasini joyiga qöyganimizdan keyin oxirida mana şu taklifni kiritamiz. Keyin bir yeçim qabul qilingandan keyin biz, albatta, sizlar bilan ulaşamiz», — dedi agentlik rasmiysi.
Şuningdek, Muhiddin Ibragimov Turkiya «Fergani» kompaniyasi sinov tariqasida uçira boşlagan sun’iy yöldoşlar loyihasida Özbekiston ham qatnaşişini ma’lum qildi.
«Farğoni» juda zör loyiha! Ularning asosiy yönalişi bu yaqin IOT va GPS. GPSʼga raqobatçi sifatida qilişyapti. Ilmiy loyiha sifatida ketyapti, hozir ular sinov tariqasida yurgizişdi













