Seşanba kuni Janubiy-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASeAN) TIV rahbari 1 fevral kuni Myanmada davlat töntarişi amalga oşirib, hokimiyatni egallab olgan harbiylarning vakillari bilan muzokara ötkazdi.

Muzokaralar mazmuni haqida xabar qilinmagan, ammo qator mamlakatlar hukumatlari generallarga demokratik boşqaruv yetakçisi Aung San Suu Kini ozodlikka çiqarişni va namoyişçilarga qarşi zöravonliklarni töxtatişni talab qilişmoqda.
Mamlakat içkarisida esa dam oliş kunlarida namoyişlar qonga botirilib, 20dan ortiq kişi öldirilganiga qaramay, namoyişçilar köçalarga qarşi çiqişda davom etmoqda.
Seşanba kuni ham politsiya norozilik aksiyalari iştirokçilarini kuç bilan tarqatdi. Namoyişlar boşidan buyon olti nafar jurnalist qölga olingan, ulardan biri Associated Press xodimidir.
75 yoşli Aung San Suu Ki - demokratik yöl bilan saylangan hukumatda davlat maslahatçisi sifatida amalda mamlakatni boşqarardi. U davlat töntarişining birinçi kunidayoq hibsga olingan va 1 mart kuni uning ustidan sud jarayoni boşlangan.
Diplomatlar nimalar deyişdi?
Janubi-şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasining (ASeAN) diplomatik bölimlari rahbarlari videoaloqa orqali hukumatni egallab olgan harbiylar bilan muzokaralar ötkazişgan.
ASeAN saytida muzokaralar yakunlari böyiça qisqa xabar joylaştirilgan, unda taşkilot qonunlar ustuvorligi, demokratiya, konstitutsion boşqaruv, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat prinsiplariga sodiq ekani ta'kidlangan.

Filippin TIV rahbari Teodoro Loksin tvitterdagi sahifasida, uçraşuv tafsilotlarini oşkor eta olmasligini yozgan, şu bilan birga, bu uçraşuv «ajoyib» bölganini yozgan. Avvalroq u taşkilot a'zolari boşqa mamlakatlar içki işlariga aralaşmasligi prinsipi notöğri qarorlarga «avtomatik ruxsat berişni yoki jimgina rozi bölişni» anglatmasligini aytib ötgandi.
Indoneziya TIV rahbari Retno Marsudi Myanma harbiylarini siyosiy mahbuslarni ozod qiliş va mamlakatni demokratiya yöliga qaytarişga çaqirgan.













