Myanmada suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi
BMT yuz minglab akr dala maydonlari yuvilib ketgani, mamlakatda yarim milliondan ziyod inson oziq-ovqat, ichimlik suv, turar joy va kiyim-kechakka muhtoj ekani haqida ogohlantirdi.

Foto: BBC
Myanmaga yopirilgan «Yagi» tayfuni oqibatida halok bo‘lganlar soni 200 kishidan oshdi, shuningdek, 80 ga yaqin odam bedarak yo‘qolganlar safida, deb xabar beradi BBC.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, sentabr boshlarida to‘fon Vetnam, Laos, Tailand va Myanmaga yopirilib, umumiy hisobda 500 dan ortiq insonning umriga zomin bo‘lgan.
«Yagi» oqibatida Myanmada suv toshqinlari va ko‘chkilar yuz bergan, butun boshli qishloqlar vayron bo‘lgan. BMT yuz minglab akr dala maydonlari yuvilib ketgani, mamlakatda yarim milliondan ziyod inson oziq-ovqat, ichimlik suv, turar joy va kiyim-kechakka muhtoj ekani haqida ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, bunday ko‘lamdagi suv toshqinlari Myanmaning yaqin tarixida kuzatilmagan. Mamlakat tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish agentligining ma’lum qilishicha, 630 mingga yaqin odam suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan, transport yo‘llari yopilib qolgan, ko‘priklar va aloqa tarmoqlariga shikast yetgan.
«Hozirga qadar 100 kishining jasadini to‘pladik, ular orasida bolalar va keksalar ham bor. Barchamiz yana 200 dan ortiq odamni qidirmoqdamiz», — deydi Myanma janubidagi shtatlardan birida qutqaruvchilarga yordam berayotgan ko‘ngilli.
Avvalroq Vetnamning shimoliy qismiga yopirilgan «Yagi» supertayfuni natijasida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida kamida 324 kishi halok bo‘ldi va bedarak yo‘qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, «Yagi» tayfuni Tailand va Myanmaga yetib kelishi natijasida har ikki davlatning shimoliy shtatlarida so‘nggi 80 yil ichidagi eng kuchli suv toshqinlari kuzatilgan.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda «prava»si yo‘q haydovchilar 400 dan ortiq YTH sodir qildi – Senat javobgarlikni kuchaytirmoqchi
O‘zbekiston | 11:11
-
Qurilish vazirligi huzurida "Issiqlikta’minoti" AJ tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:55
-
Xorazm viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston | 10:52
-
Oltin quymalar narxi yangi rekord darajaga yetdi
O‘zbekiston | 10:50
Mavzuga oid

18:27 / 14.02.2025
Yong‘indan jabr ko‘rgan Los-Anjyelesni suv bosdi

20:10 / 02.02.2025
Valensiyada hukumatga qarshi ko‘p ming kishilik norozilik namoyishi o‘tkazildi

22:16 / 31.01.2025
Myanma hukumati favqulodda holat rejimini olti oyga uzaytirdi

21:32 / 04.01.2025