Sovuq uruş boşlangandan beri AQŞ texnologiya böyiça dunyoda yetakçilik qilmoqda. Amerika asri deb atalmiş davrda mamlakat kosmosni zabt etdi, internet tarmoğiga rahbarlik qildi va dunyo bozoriga iPhone ni olib kirdi. Ammo, sönggi yillarda, Xitoy texnologik yetakçilikka da'vogarlik qiliş uçun juda ta'sirli harakatlarni amalga oşirdi, robototexnika, sun'iy intellekt, mikroelektronika, «yaşil energiya» va boşqa köplab sohalarga yuz milliard dollardan ziyod sarmoya kiritdi.

AQŞ texnologik innovatsiyalarni harbiy sohaga jalb qilayotgan paytda, Xitoy kompaniyalari butun dunyo böylab 5G simsiz infratuzilmasini sotmoqda, oziq-ovqat ta'minotini kuçaytiriş uçun sintetik biologiyadan foydalanmoqda va kiçikroq hamda tezroq işlaydigan mikroçiplarni yaratiş böyiça özaro poyga qilmoqda. Bularning barçasi Xitoy texnologik qudrati yuksalişiga zamin yaratdi.

AQŞ siyosatçilari hukumatni ilmiy-tadqiqot işlariga sarflanadigan mablağni köpaytiriş, viza çeklovlarini yumşatiş va mahalliy iste'dodlarni rivojlantiriş, şuningdek, ittifoqçi davlatlar bilan yangi hamkorlik aloqalarini örnatişga çaqirayotgan bölsa-da, ammo Qöşma Ştatlar uçun haqiqiy muammo ança çuqurroq: qaysi texnologiyalar muhimligi va ularning rivojlanişiga qanday yordam beriş kerakligi töğrisida hukumatda notöğri tuşunça şakllangan.

AQŞ hukumati innovatsiyalarni joriy qilişdagi yetakçiligini yöqotdi

AQŞda yillar davomida yangi texnologiyalarga davlat tomonidan ajratilayotgan mablağlar mamlakat YaIMga nisbatan kamayişda davom etmoqda. Davlat tomonidan moliyalaştirişning asosiy qismi mudofaa vazirligi manfaatlari yölida sarflanib, fuqarolarning kundalik turmuşi uçun zarur bölgan sohalardagi ilmiy-tadqiqotlarga yetarli mablağ sarflanmagan.

Bundan taşqari, Vaşington va mamlakatdagi xususiy kompaniyalar örtasidagi munosabatlarda ziddiyat kuçayib ketdi. Natijada xususiy kompaniyalarda şaxsiy manfaat asosiy örinni egallay boşladi. Masalan, Apple xalqaro maydonda öz maqomini yöqotmaslik uçun FQBga öz «qulf»ini oçişdan boş tortgan.

Xitoyning «töxtatib bölmas» texnologiyalari

Foto: Getty images

Sönggi 20 yil içida Xitoy texnologiyani öğirlaydigan va taqlid qiladigan mamlakatdan uni takomillaştiradigan va kaşf qiladigan mamlakatga aylandi. 2000 yilda Xitoyda yangi texnologiyalarni rivojlantiriş uçun budjetdan 5 foiz mablağ ajratilgan bölsa, bu körsatkiç 2020 yilga kelib 23 foizga yetgan. Xitoy 2025 yilga borib bu borada dunyoda yetakçiga aylanişi prognoz qilinmoqda. Xitoyning asosiy maqsadi - «harbiy va fuqarolik birlaşmasi» strategiyasini hayotga töliq tarğib qilişdir.

AQŞdan farqli ölaroq, Xitoy hukumati mahalliy kompaniyalarni doimiy ravişda qöllab-quvvatlamoqda. Xususan, Xitoyning Huawei kompaniyasi dunyoda 5G texnologiyalarini sotiş böyiça yetakçiga aylandi. Buning asosiy sababi – yuqori sifatli 5G texnologiyali mahsulotlarini Finlandiya va Janubiy Koreyadagi raqobatçilardan arzon narxlarda taklif qilmoqda. The Wall Street jurnali ma'lumotlariga köra, Xitoy hukumati kompaniyaga 75 milliard dollarlik qarz, soliq imtiyozlari va grantlar taqdim qilgan (taqqoslaş uçun, Özbekiston YaIM 2020 yilda 57 milliard dollarni taşkil qilgan). Şuningdek, uşbu kompaniya «Bir makon, bir yöl» dasturida ham iştirok etişi közda tutilgan.

Xitoyning sun'iy intellekt sohasidagi eng katta muvaffaqiyati milliardlab aholisini yagona axborot tizimiga birlaştirişga erişdi va çeksiz ma'lumotlar bazasini yaratdi. Mamlakatda elektron tijorat giganti Alibaba, WeChat dasturini işlab çiqqan Tencent, dronlar bozorida hukmronlik qiladigan DJI kabi sun'iy intellektga asoslangan korporatsiyalar paydo böldi.

SenseTime Xitoyning videokuzatuv tarmoği uçun yuzni aniqlaş texnologiyasini taqdim etdi va dunyodagi eng qimmat sun'iy intellekt kompaniyasi sifatida baholanmoqda. Qonun böyiça, uşbu kompaniyalar razvedka maqsadlarida davlat bilan hamkorlik qilişlari şart, ya'ni ikki tomonlama hamkorlikning kuçli mexanizmi yillar davomida yaratildi.

Köproq va kengroq öylaş

AQŞ Xitoyning texnologik taraqqiyotini özining harbiy qudrati yordamida yengişga intilmoqda. Ammo kengroq öylaganda, Xitoyning 5G, sun'iy intellekt, kvant hisoblaş va biotexnologiya sohasidagi yutuqlari heç qanday öq otişni talab qilmaydigan ulkan raqobat maydoniga AQŞni tortmoqda. Texnologik ustunlik Xitoyga juda katta ta'sir ötkaziş imkoniyatini beradi.

Xitoy tizimlarini sotib olayotgan mamlakatlar şunçaki elektr tarmoqlari, soğliqni saqlaş texnologiyalari yoki onlayn tölov tizimlarini olamiz deb öylaşlari mumkin, ammo aslida ular muhim milliy infratuzilmani va fuqarolarning ma'lumotlarini Pekin qöliga topşirişlari ham mumkin. Xitoyning eksport texnologiyalari qaysidir ma'noda «Troya oti» vazifasini bajaradi. AQŞ hukumati 5G tarmoğiga egalik qiluvçi Huawei kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qölladi. Ğarb mamlakatlari Xitoyning 5G tarmoğini içki ma'lumotlarni öğirlaş vositasi yoki inqiroz paytida aloqa tarmoqlarini sabotaj qilişi yoki buzişi mumkin deb hisoblaşmoqda. AQŞ hukumati özining Ğarbdagi ittifoqçilariga Xitoyning 5G tarmoğini qabul qilsalar, ular bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni töxtatiş böyiça ultimatum qöygan.

AQŞ siyosatçilarining fikriga köra, Jo Bayden hukumati ham harbiy ham aholining kundalik faoliyatida işlatiladigan texnologiyalarining innovatsiyasiga yetarli miqdorda mablağ ajratmasa, içki bozor öz ehtiyojlarini Xitoy mahsulotlari yordamida ta'minlaşga intiladi.

Prezident Jo Baydenning «orqaga qaytib, yaxşiroq quriş» dasturida ilmiy-tadqiqotlarni kuçaytiriş uçun 300 milliard dollar sarmoya ajratişini e'lon qildi. Tahlilçilarning fikriga köra, Bayden hukumati davrida yetarli çoralar körilmasa, bu davr AQŞning global iqtisodiy va texnologik hukmronligining oxirgi bosqiçi bölişi mumkin.