Mazkur sanani «Ğalaba kuni» sifatida nişonlovçi sobiq sovet ittifoqi davlatlari ham bor. Germaniya öz navbatida 9 mayni norasmiy tarzda «Germaniyaning natsional-sotsializmdan ozod etilgan kuni» sifatida har yili yod oladi.
UzbekLife kolumnisti Berlin şahrida uşbu tadbirlar qay tarzda ötgani haqida fotoreportaj tayyorladi.



Mazkur memorial kompleks faşistik Germaniyaga qarşi janglarda halok bölgan sovet ittifoqi askarlariga bağişlab 1945 yil 11 noyabrda oçilgan. Majmua joylaşuvi öziga xos ma'noga ega bölib, Gitler ğoyasi böyiça «uçinçi reyx»ni boğlab turuvçi şimol-janub (Nord-Süd-Achse) va şarq-ğarb (Ost-West-Achse) yöllar kesişmasi örnida barpo etilgan. Kompleks kolonnalarida esa Berlin ustidan janglarda halok bölgan harbiylar ismlari bitilgan. An'anaga köra bugungi kunda har yili 8 – 9 may kunlari sobiq sovet ittifoqi davlatlari elçixonalari tomonidan öz xalqlari nomidan uşbu memorialga janglarda qurbon bölgan askarlar xotirasiga gulçambarlar qöyiladi.
Ikkinçi jahon uruşi yakunlarida Berlin şahriga kirgan birinçi tanklardan biri – memorial kompleksning bir qismi.

Treptow parki içida joylaşgan janglarda halok bölgan sovet askarlari xotirasiga bağişlangan boşqa memorial kompleks. Uşbu kompleksda ham an'anaga köra elçixonalar tomonida gulçambarlar qöyiladi.



Ikkinçi jahon uruşida öldirilgan sinti va roma xalqlari xotirasiga barpo etilgan memorial kompleks. Reyxstag binosi söl qanotida joylaşgan.


















