Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi vaziyat tufayli 8-9 may kunlari Toshkent-Lohur-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladigan aviaqatnovlar majburiy bekor qilinadi.
Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi chegara hududlarida yuzaga kelgan beqaror vaziyat tufayli faqat 2025 yil 8–9 may kunlari HY461/462 reyslari (Toshkent—Lohur—Toshkent yo‘nalishi) majburiy bekor qilinadi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Qayd etilishicha, bekor qilingan reys yo‘lovchilari chipta narxini qaytarib olish yoki jarimasiz tarzda boshqa sanalarga qayta bron qilish uchun murojaat qilishlari mumkin.
«Aviakompaniya vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi va qabul qilinadigan qarorlar haqida qo‘shimcha ma’lumot beradi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent va Pokistonning Lohur shahri o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar o‘tgan yilning noyabr oxirlaridan boshlab yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Uzbekistan Airways joriy yilning 14 iyundan boshlab Toshkent—Islomobod—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026