Qo‘yliq va Chorsu dehqon bozorlaridagi ulgurji narxlar internetda e'lon qilib boriladi
Iqtisodiyot vazirligi Qo‘yliq bozoridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va Chorsu bozoridagi go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlarini har kuni e'lon qilib borishni yo‘lga qo‘ydi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Qo‘yliq dehqon bozoridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va Chorsu bozoridagi go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlarini e'lon qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘ydi.
Vazirlik boshqarma boshlig‘i Akrom Mo‘minov Kun.uz'ga bergan intervyusida mazkur jarayonning muhim jihatlariga to‘xtaldi.

“Ichki bozorda o‘tgan yili narxi arzon bo‘lgan mahsulot bu yil qimmat bo‘layotgani yoki qimmati o‘ta arzonligi ko‘p kuzatilmoqda. O‘rganishlar natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarda yetarli ma'lumotlar bazasi mavjud emasligi ushbu muammoning bosh omili ekani aniqlandi.
Mazkur masalaga yechim topish maqsadida, fermerlar va dehqon xo‘jaliklariga ayni paytda respublikamiz ichki bozorida shakllanayotgan narxlar to‘g‘risida ma'lumot berish tizimini yo‘lga qo‘ydik”, – deydi vazirlik vakili.
Ma'lum qilinishicha, ushbu amaliyot bozordagi ulgurji narxlar balansini me'yorga keltirish va boshqa bir necha o‘rinlarda yaxshi samara beradi.
“Mazkur amaliyot natijasida fermer yoki dehqon xo‘jaligi dalaning o‘zida turgan, o‘z mahsulotini sotish bo‘yicha shartnoma tuzayotgan paytda qo‘lida hozirgi narxlar bo‘ladi.
Shuningdek, doimiy ravishda narxni kuzatib borgach, muayyan ma'lumotlar bazasiga ega bo‘lamiz. Bu narxlar tartibi doimiy ravishda bazada saqlanadi. Qachonki, fermer yoki dehqon xo‘jaligi xohlasa, o‘sha davrdagi narxni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qolaversa, mazkur jarayon respublikada oziq-ovqat va narxlar barqarorligini ta'minlash imkonini beradi”, – deydi Akrom Mo‘minov.
Uning aytishicha, jarayon davomida narxlar har kuni e'lon qilib boriladi. Haftaning juma kuni esa narxlar dinamikasi bo‘yicha tahliliy materiallar chop etiladi.
Qayd etilishicha, Qo‘yliq dehqon bozoridagi 27 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, meva, sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlarning ulgurji narxlari o‘rganiladi va e'lon qilib boriladi.
Chorsu dehqon bozori bo‘yicha esa qo‘y va mol go‘shtlarining ulgurji narxlari ma'lum qilinadi. Bu ma'lumotlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va chorvachilik sohasi vakillari uchun signal vazifasini bajarib beradi.
Qo‘yliq ulgurji bozorida 27 turdagi meva, sabzavot va poliz mahsulotlari narxlari bo‘yicha ma'lumotlar ertalab soat 5:00 dan 7:00 ga qadar; Chorsu bozorida mol va qo‘y go‘shti narxlari bo‘yicha ma'lumotlar ertalab soat 5:00 va 8:00 oralig‘ida yig‘iladi.
Quyida 30 iyul kungi narxlar keltirib o‘tiladi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

22:11 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

10:02 / 16.04.2025