Prezident tomonidan «Elektron onlayn-auksionni ötkaziş tartibini soddalaştiriş, uning şaffofligini oşiriş hamda iştirokçilar huquqlarining işonçli himoyasini kafolatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror imzolandi.

Hujjatga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan boşlab «E-auksion» elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib qonunçilik hujjatlari bilan elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilinişi yoki ijaraga berilişi belgilangan barça turdagi aktivlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Yangi tartibga muvofiq:

  • iştirokçilarga, şu jumladan çet el fuqarolariga auksionda qatnaşiş uçun elektron raqamli imzo kaliti sertifikati masofadan turib, Davlat aktivlarini boşqariş agentligining «Elektron onlayn-auksionlarni taşkil etiş markazi» DUK tomonidan bepul taqdim qilinadi;
  • auksion ötkaziş töğrisidagi xabar u ötkaziladigan kundan 30 kun oldin e'lon qilinadi;
  • auksion ötkazilişi töğrisidagi xabar e'lon qilingan paytdan boşlab auksion jarayoni yakuniga qadar iştirokçilarga obektni sotib oliş böyiça auksion qadamiga boğlanmagan öz narx taklifini kiritiş huquqi beriladi;
  • sotilgan obektning qiymati bazaviy hisoblaş miqdorining 5 000 baravarigaça bölganda, tölovlarni 10 iş kuni, bazaviy hisoblaş miqdorining 5 000 baravariga teng yoki undan ortiq bölganda tölovlarni 15 iş kuni mobaynida tölaş imkoniyati yaratiladi, qonunçilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;
  • auksion ğolibi tölovlarni tölaşdan boş tortgan taqdirda, ğolib hamda uning töğridan töğri ta'sisçilari hisoblangan şaxslar nohalol iştirokçi sifatida elektron savdo platformasidagi auksionlardan çetlatiladi. Bunda tölovlarni tölamaslik holati birinçi marta sodir etilganda bir yil muddatga, ikkinçi marta takrorlansa muddatsiz davrga auksionlardan çetlatiladi;
  • auksionga çiqarilgan obektlarni sotişga va oldi-sotdi şartnomasini rasmiylaştirişga faqat auksionda kamida 2 ta iştirokçi qatnaşganda ruxsat beriladi.

2021 yil 1 oktyabrdan boşlab auksion natijalari böyiça pul mablağlari Markazning maxsus hisobraqamida yiğiladi va auksion ğolibi tomonidan obekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan söng, ular buyurtmaçi hisobraqamiga ötkaziladi.