Özbekistonning Markaziy Osiyodagi taşqi siyosati. Erişilgan yutuqlar va amalga oşirilişi zarur bölgan islohotlar
|16:28 / 06.08.202141 51011 min
Sönggi vaqtlarda Markaziy Osiyoda köp yillar davomida göyoki yeçimi yöqdek tuyilgan çegara va suv-energetika sohasidagi masalalarning aksariyati ijobiy hal qilindi. Hatto qarindoşlar darajasidagi bordi-keldi taşriflari ham nihoyatda çeklangan mintaqa mamlakatlari örtasidagi aloqalarning iliqlaşişiga qaysi omillar ta'sir körsatdi?
Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati
Markaziy Osiyoning qoq örtasida joylaşgan, eng yirik inson salohiyati hamda barça mintaqa mamlakatlari bilan umumiy çegaraga ega yagona davlat – Özbekiston. 2016 yil oxirigaça davlat çegaralari minalaştirilgan, suv va gaz zaxiralaridan oqilona foydalaniş böyiça dahanaki tortişuvlar, özaro çetlab ötiş va taşqi siyosiy-iqtisodiy manfaatlarga qaram bölmaslikka yönaltirilgan muxtor naqliyot hamda temir yöllar barpo etilişi natijasida mintaqada işonçsizlik kayfiyati keskinlaşib ketgandi. Hatto qarindoşlar darajasidagi bordi-keldi taşriflari ham nihoyatda çeklangan edi. Oxirgi yillarda mintaqa mamlakatlari örtasidagi aloqalarda katta yutuqlarga erişilgan bölsa-da, yaqin istiqbolda hal qilinişi kerak bölgan bir qança masalalar mavjud.
Siyosiy muzlar ança erib, 2017 yil 17 sentyabrida BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratişga erişilgani» va «bu tendensiyaning mustahkamlanişi Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari muntazam uçraşuvlar ötkazişi uçun imkoniyat yaratişi» haqida dasturiy nutq qilgandi.
Undan avval, 2017 yil 7 fevralda tasdiqlangan 2017–2021 yillar uçun Harakatlar strategiyasining «çuqur öylangan, özaro manfaatli va amaliy taşqi siyosat sohasidagi ustuvor yönalişlar» deya tavsiflangan 5.2-bandida «Özbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qöşniçilik muhitini şakllantiriş» tamoyili belgilab qöyilgan. Fikrimizça, «yon-atrof» atamasi ortida Afğoniston ham nazarda tutilgan.
Umuman olganda, taşqi siyosat davlat va jamiyatning muvaffaqiyatli içki rivojlanişi, islohotlarni amalga oşiriş, aholi turmuş farovonligining oşişini ta'minlaş, hayot sifatini kötariş uçun qulay taşqi şaroitni yaratiş hisoblanadi. Şundan kelib çiqib Özbekiston atrofida tinçlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini şakllantiriş eng asosiy vazifalardan biridir. Aynan Özbekiston joylaşgan mintaqadagi xavfsizlik barqaror rivojlanişning eng asosiy şartidir. Yuqoridagilardan kelib çiqib, Markaziy Osiyo davlatlari – bevosita qöşnilarimiz bilan döstona, yaqin qöşniçilik va özaro manfaatli aloqalarni rivojlantiriş va mustahkamlaş asosiy ustuvor taşqi siyosiy yönaliş sifatida belgilab qöyilgan.
Mavzuga oid
Xöş, sönggi yillardaÖzbekiston taşqi siyosatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik va umumiy taşqi siyosat yönalişida qanday işlar amalga oşirildi?
Birinçidan, prezident Şavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uçraşuvlarini ötkaziş töğrisidagi taklifi amalga oşdi. Uşbu taşabbus xalqaro miqyosda keng tan olindi va mintaqa davlatlarining barça rahbarlari qöllab-quvvatladi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinçi maslahatlaşuv uçraşuvi 2018 yil 15 mart kuni Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida bölib ötdi. Ikkinçi uçraşuv 2019 yil 29 noyabr kuni Toşkent şahrida ötkazildi. Uşbu uçraşuvda birinçi anjumandan farqli ölaroq, Turkmaniston parlamenti raisi emas, Gurbanguli Berdimuhamedov ham şaxsan iştirok etdi.
Şuningdek, Toşkent uçraşuvida keyingi yiğilişni Bişkekda ötkazişga kelişib olingan edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab 2020 yilgi uçraşuv ötkazilmadi. Markaziy Osiyo davlatlari yetakçilarining navbatdagi maslahat uçraşuvi 6 avgust kuni Turkmanistonning «Avaza» milliy turizm zonasida ötkazilmoqda.
Ikkinçidan, Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari örtasida barqaror iqtisodiy va siyosiy aloqalar örnatildi.
Özbekiston-Turkmaniston munosabatlari
Şavkat Mirziyoyev Özbekiston prezidenti sifatidagi ilk xorijiy taşrifini 2017 yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga amalga oşirgandi. Uçraşuvda transport sohasida zamonaviy infratuzilma yaratiş böyiça hamkorlik davom ettirilişi böyiça kelişuvga erişilgandi. Bu hamkorlik Markaziy Osiyo, Yevropa va Yaqin Şarq transport tizimlarini birlaştirişi közda tutilgan. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2018 yil 23 aprel kuni davlat taşrifi bilan Özbekistonga keladi va özaro hamkorlikni rivojlantiriş doir 17ta hujjat imzolanadi. Joriy yilning 29 aprel kuni ikki davlat rahbarlari Aşxobod şahrida yana uçraşuv ötkazişdi. Keyingi yillardagi özgarişlar sabab tovar ayirboşlaş hajmi uç barobardan ziyodga köpaydi va ötgan yil yakunlariga köra 530 million dollarga yetdi, 150dan ortiq qöşma korxona taşkil etildi.
Özbekiston-Qozoğiston munosabatlari
Dastlab Şavkat Mirziyoyev 2017 yilning 22-23 mart kunlari davlat taşrifi bilan Qozoğistonda bölgandi. Muzokaralar yakunida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo 13 hujjat imzolanadi. M-39 avtomobil yölida joylaşgan va 2006 yilda yopib qöyilgan «Oq oltin» va «Malik» avtomobil ötkaziş punktlari qayta oçiladi.
Qozoğiston Respublikasining hozirgi prezidenti Qosim-Jömart Töqayev 2019 yilning 14-15 aprel kunlari davlat taşrifi bilan Özbekistonda bölgandi. Uçraşuvda ikki tomonlama savdo aylanmasi hajmini yaqin kelajakda 5 mlrd dollarga yetkazişdan har ikkala tomon manfaatdor ekanligi ta'kidlanadi.
Ötgan davr mobaynida Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hamda Qozoğistonning Turkiston viloyati çegaralari tutaşgan uçastkalarda davlatlararo çegarani demarkatsiyalaş böyiça bir neçta muzokaralar ötkazildi. 2020 yil yakunlari böyiça ikki tomonlama taşqi savdo aylanmasi 3 mlrd dollardan oşdi.
Özbekiston-Tojikiston munosabatlari
Ötgan yillarda Özbekiston-Tojikiston aloqalaridagi köp yillar davomida göyoki yeçimi bölmagan, murakkab va nozik hisoblangan çegara va suv-energetika sohasidagi masalalar ham öz yeçimini topdi. Bu özgarişlarning barçasi oddiy fuqarolar hayotida sezilmoqda. Köp yillar davomida birinçi marta ular öz qarindoşlari va döstlarinikiga tösiqsiz, erkin taşrif buyuriş imkoniyatiga ega bölişdi. Hozir Özbekiston-Tojikiston çegarasidan har kuni 20 mingga yaqin kişi ötadi. 3-4 yil oldin esa bu körsatkiç bor-yöği 3-3,5 mingni taşkil qilar edi.
2018 yilda ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinçi marta özaro davlat taşriflari bölib ötdi. Umuman olganda, 2016 yil sentabr oyidan boşlab Özbekiston va Tojikiston rahbarlari turli sammitlar doirasida taxminan 15 martadan ortiq uçraşişdi.
Ikki davlat rahbarlarining oxirgi uçraşuvi 10 iyun kuni Duşanbeda bölib ötdi. Uçraşuvda Zarafşon daryosida GES quriş loyihasi böyiça qöşma aksiyadorlik jamiyati taşkil etiş töğrisida hamda yuklar tranziti töğrisidagi bir qança bitimlar imzolandi.
Özbekiston-Qirğiziston munosabatlari
Özbekiston va Qirğiziston munosabatlarida sönggi 10 yil davomida ilk bor çegara masalarida ijobiy natijalarga erişildi. Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat yetakçisi sifatida iş boşlagaç, uçinçi davlat taşrifini Özbekistonga amalga oşirdi. Bungaça Japarov Qozoğiston va Rossiyaga borgandi. Taşrif doirasida köp qirrali Özbekiston—Qirğiziston şerikligining deyarli barça yönalişlarini qamrab olgan 22ta hujjat imzolandi. Ikki davlat örtasida eng nozik nuqtalardan biri bölgan çegaradagi muammolar yaqin kelajakda hal qilinişi ta'kidlandi.
Uçinçidan, Özbekistonning turli qit'alardagi köplab davlatlar va davlat uyuşmalari bilan munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarildi.
Bojxona boşqaruvi sohasida bojxona tölovlari stavkalari ikki barobarga kamaytirildi, 3 ming 550 ta mahsulot nomlariga va 1 ming 122 turdagi mahsulotlarga aksiz soliğiga import bojlarining nol stavkalari qöllana boşlandi.
2016-2020 yillarda barça manbalar hisobidan asosiy kapitalga jami 89 mlrd dollarlik investitsiya kiritildi, ulardan 19,5 mlrd dollari töğridan töğri xorijiy investitsiya va kreditlardir.
Şuningdek, 2016-2020 yillarda respublikaning umumiy eksporti 72,5 mlrd dollarni taşkil etdi, şundan 2020 yilda 15,1 mlrd dollarlik mahsulotlar eksport qilindi, bu esa 2016 yilga nisbatan 25 foizga köpdir.
2021 yil 15 mart holatiga köra, fuqarolari uçun Özbekistonda vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar soni 90tani taşkil qiladi. Oxirgi uç yil içida uşbu röyxatdagi davlatlar soni 10 barobardan oşiq köpaytirildi. Bu esa uşbu davrda turistlar oqimi deyarli 4 baravaroşişida muhim ahamiyat kasb etdi.
Köplab ijobiy özgarişlar bölgan bölsa-da, Markaziy Osiyo mamlakatlari oldida bir qança hal qilinişi zarur bölgan muammolar mavjud:
Çegara muammolari
SSSR qulaganiga 30 yildan oşgan bölsa-da, Markaziy Osiyo mintaqasida çegaraviy muammolar töla hal etilgani yöq. Sönggi yillarda davlat çegaralarini huquqiy rasmiylaştiriş hamda çegaradagi bahsli hududlar muammosini uzil-kesil hal etiş borasida bir qança amaliy harakatlar ötkazildi. Xususan, Samarqand şahrida 2017 yil 10-11 noyabr kunlari BMT şafe'ligida bölib ötgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanişni ta'minlaş böyiça «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlaniş va taraqqiyot yölidagi hamkorlik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada Özbekiston, Qozoğiston va Turkmaniston örtasidagi bahsli nuqtalar böyiça kelişuvga erişildi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil 9 martida Tojikistonga taşrifi vaqtida çegaralardagi muammolarni hal qiliş borasidagi asosiy natijalar böyiça kelişuv imzolandi.
Şunday bölsa-da Qirğiziston-Tojikiston çegarasidagi vaziyat keskinligiça qolmoqda. Bu esa mintaqada integratsiya jarayonlariga jiddiy ta'sir ötkazadi. Markaziy Osiyoda çegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilişda asosiy muammolardan biri – mintaqaning barça mamlakatlari tomonidan tasdiqlanib, tartib-taomillaridan ötgan huquqiy asos yöqligidir. Yaqin kelajajakda mintaqa mamlakatlari bu muammolarni ham hal qilişiga işonamiz.
Iqlim özgarişi
Hozirgi paytda Markaziy Osiyodagi suv resurslarining 90 foizi suğorma dehqonçilik uçun işlatilmoqda. Suv qişloq xöjaligining asosi hisoblanadi va bu tarmoq Markaziy Osiyodagi beşta mamlakat iqtisodiyotida ham muhim rol öynaydi, çunki qişloq xöjaligi sohasi bu mamlakatlar YaIMning 10 foizidan 45 foizigaça bölgan qismini taşkil etadi. Kelajakda Markaziy Osiyoda suv manbalarining kamayib boriş tendensiyasi röy beriş ehtimoli mavjud. Xususan, muzliklar mintaqadagi suv resurslarining asosiy manbayi hisoblanadi va ularning eng katta qismi Tojikiston hududiga töğri keladi. Bu yerdagi muzliklar Markaziy Osiyo suv resurslarining 60 foizigaça bölgan qismini taşkil etadi. Ob-havo özgarişi bilan Markaziy Osiyoda suv resurslarini boşqariş va xavfsizligini ta'minlaş masalalari muhim ahamiyat kasb etib boraveradi. Şu sabab mintaqa mamlakatlari bu masalani oliy darajada qayta körib çiqib, tegişli dastur va strategiya işlab çiqişi kerak.
Ötgan yillar davomidagi köplab bir qança ijobiy özgarişlardan keyin yaqin kelajakda ham mintaqa davlatlari örtasida iqtisodiy aloqalarning va integratsiya jarayonlarining kuçayişi, Afğonistondagi vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça aniq takliflar işlab çiqilişi kerak.