4ta davlatda bolalar orasida yangi respirator virus tarqalishi qayd etildi
4ta davlat – AQSh, Britaniya, Yaponiya va Shveytsariyada bolalar orasida kam o‘rganilgan respirator-sinsitial virusning (RSV) ommaviy tarqalishi qayd etildi.
![](https://storage.kun.uz/source/7/ZeM_CGcLkOBS6GciazPsVhqSk1QH8yvH.jpg)
Nyu-York shifoxonalaridan birining bolalar yuqumli kasalliklari bo‘limi boshlig‘i Robiya Aganing ta'kidlashicha, chaqaloqlar va kichik yoshli bolalarning RSV bilan kasallanish holatlari apreldayoq qayd qilingan. Shu sababli intensiv davolash bo‘limlari bemor bolalar bilan to‘lib-toshgan.
Olimlarning ta'kidlashicha, koronavirus pandemiyasi RSV tarqalishiga ta'sir ko‘rsatgan, chunki karantin cheklovlari sababli bolalarda ushbu virusga qarshi immunitet hosil bo‘lmagan. Karantin yumshatilgandan keyin esa uning avj olishi yuz bergan.
AQShning kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu virusga chalingan aksariyat bolalarda kasallik shamollash kabi tumov va yo‘tal bilan yengil shaklda o‘tadi. Biroq u ba'zi holatlarda bronxiolit hamda o‘pkaning pastki bo‘limlari yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/5EYPhVZLeMXicBbdX3ZuNfQCESqaHLTY_medium.jpg)
18:40 / 22.07.2024
Hindistonda Chandipura virusidan 32 kishi halok bo‘ldi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/HNYZmD925k61FbbRmywv2u7yjsMRiKVR_medium.jpg)
09:12 / 13.07.2024
Dunyoda maymun chechagi virusi yana faollashmoqda – JSST
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/Eer_SPEsir84dQ2rTcvlPN8Jn3l6WWix_medium.jpg)
11:42 / 31.01.2024
Telegramda zararli virus dasturlar tarqatib kelgan 18 yoshli yigit ushlandi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/rOT8lVZFYC_buecxFuIXfLYjFR9RwqhJ_medium.jpg)
18:32 / 06.01.2024