Hindistonning Gujarat ştatida Çandipur virusi keltirib çiqaradigan ötkir ensefalit kasalligi köpaymoqda. Bu haqda The Times of India xabar berdi.

Ştat Soğliqni saqlaş departamenti 21 iyul kuni virus aniqlangan 13 nafar bemor va 5 kişining ölimi haqida xabar berdi. Sönggi ma’lumotlarga köra, virus yuqqanlar soni 84 nafarga, vafot etganlar soni esa 32 nafarga yetgan.

2003-2004 yillarda Markaziy Hindistonda xuddi şunday epidemiya paytida ölim darajasi 56-75 foizni taşkil etgan edi.

Çandipura virusi birinçi marta 1965 yilda Maxaraştra ştatining Nagpur tumanida aniqlangan. Avvalroq Andxra-Pradeş, Maxaraştra, Odişa va Gujaratda bir neçta epidemiyalar qayd etilgan.

Hindiston Pediatriya Akademiyasi rahbari doktor Vasant Xalatkarning aytişiça, virusga taşxis qöyiş qiyin. Kasallik asosan 15 yoşgaça bölgan bolalarga ta’sir qiladi.

Virus çivin çaqişi orqali yuqadi. Kasallik Hindistonning ba’zi qismlarida endemik bölib, epidemiyalar asosan çivinlar populyatsiyasi eng yuqori çöqqiga çiqqan musson fasllarida va undan keyin qayd etilgan.

Alomatlar orasida yuqori isitma, boş oğriği va konvulsiyalar mavjud. Bu alomatlar nevrologik asoratlar, koma va hatto ölimga olib kelişi mumkin.

Virusdan himoyalaniş, birinçi navbatda, çivin çaqişi oldini oliş böyiça profilaktika çoralarini öz içiga oladi, bu virus tarqalaşining asosiy usuli.