AQSh razvedkasi IShID Afg‘onistondan tashqarida hujumlar uyushtirishining taxminiy muddatini ma'lum qildi
Siyosiy ishlar bo‘yicha AQSh mudofaa vaziri Kolin Kalning so‘zlariga ko‘ra, IShIDning Afg‘onistondagi bo‘limi va “Al-Qoida” Afg‘onistondan tashqarida hujumlar tashkil etmoqchi, ammo hozircha bunga ularning kuchi yetmayapti.
Amerika razvedkasining taxminiga ko‘ra, IShIDning “Viloyat Xuroson” guruhi 6-12 oydan so‘ng Afg‘onistondan tashqarida hujumlar uyushtirish salohiyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Siyosiy ishlar bo‘yicha AQSh mudofaa vaziri Kolin Kalning so‘zlariga ko‘ra, IShIDning Afg‘onistondagi bo‘limi va “Al-Qoida” Afg‘onistondan tashqarida hujumlar tashkil etmoqchi, ammo hozircha bunga ularning kuchi yetmayapti.
“AQSh razvedkasi IShID 6-12 oydan so‘ng ana shu imkoniyatga ega bo‘ladi deb hisoblaydi, “Al-Qoida”ga esa buning uchun bir-ikki yil kerak bo‘ladi. Biz bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun hushyor bo‘lishimiz kerak”, — dedi Kal.
O‘z navbatida, “Tolibon” hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy IShID jangarilari tomonidan bo‘ladigan tahdidlar bartaraf qilinishini aytdi.
Biroq AQShdagi rasmiy shaxslar terrorchi guruhlarni aniqlash va yo‘q qilish qo‘shinlarsiz juda qiyinligini aytmoqda.
Mavzuga oid
23:35 / 26.07.2024
AQSh Rossiya bilan hamkorligi uchun Hindiston banklarini dollardan uzish bilan tahdid qildi
23:30 / 26.07.2024
Mayk Pompeo Trampning Ukraina bo‘yicha ehtimolli tinchlik rejasini tasvirlab berdi
21:34 / 26.07.2024
Donald Tramp suiqasd ishi tergovi doirasida FQB tomonidan so‘roq qilinadi
14:59 / 26.07.2024