Er-xotin Obamalar Harrisga qönğiroq qilib, uni saylovda qöllaşlarini ma’lum qilgan. Vitse-prezidentning saylov kampaniyasi suhbat videosini e’lon qildi. «Men va Mişel seni qöllaşdan faxrlanamiz. Sen saylovdan ötib Oval kabinetga borişing uçun qölimizdan kelganini qilamiz», degan Obama.
«Bu men uçun köp narsani anglatadi. Keling, işga kirişamiz», deb javob qaytargan Harris. Suhbat juda samimiy ruhda ötgan.
E’tiborlisi, demokratik partiyaning eng obröli va ta’sir doirasi katta vakili Baraka Obama Kamala Harris nomzodini Bayden uni ilgari surganidan 5 kun ötgaç qöllaşini ma’lum qildi. Bu vaqtda Mişel Obama demokratlar vakili sifatida saylovda qatnaşişi mumkinligi haqida miş-mişlar yana avj oldi.
AQŞ naşrlariga köra, Obama oxirgi bir oy davomida uning prezidentlik vaqtida vitse-prezident bölib işlagan Oq uyning amaldagi rahbari Jo Baydenni ikkinçi muddatga nomzodini qöyiş fikridan qaytarib kelgan. Bayden öziga qarşi partiya içidagi bu «isyon» tepasida Obamadan taşqari, Vakillar palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosi ham bölgan deb hisoblaşi haqida xabarlar ham tarqalgan.










