Qozog‘istonda 6 konchi metan otilishi oqibatida halok bo‘ldi
Qozog‘istonning Qarag‘anda oblasti Abay shahridagi Abay konida metan otilishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 2 kishi jarohatlandi.
![](https://storage.kun.uz/source/7/l2Svr249Ls9M8QbxTr2G6eed6O3YuEJk.jpg)
Foto: Tengrinews.kz
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqea yuz bergan vaqtda konda 64 ishchi bo‘lgan, ulardan 56 nafari mustaqil ravishda tashqariga chiqa olgan. Qolgan 8 konchi gaz otilishi yuz bergan 3-K10 zaboyida bo‘lgan.
Xabar qilinishicha, metanning ventilyatsiya shtrekida otilishi yuz bergani haqidagi xabar qutqaruvchilarga mahalliy vaqt bilan 9:30 da kelib tushgan.
Halok bo‘lgan konchilar jasadi soat 12:37 da tashqariga chiqarilgan. Jarohatlangan 2 konchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.
Voqea sabablari va tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Kondagi ishlar to‘xtatilgan.
Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin topshirig‘i bilan voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri Yuriy Ilin boshchiligidagi komissiya yo‘l olgan.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/vnnEejFF_wERMq_JuK98WjcjRr8LjDUA_medium.jpg)
12:29 / 24.07.2024
Kuvayt O‘zbekiston bilan tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/pBAXwB6Xy07PXwx0EKs5lDIQiB3VzgpL_medium.jpg)
14:47 / 27.05.2024
1 iyundan metan gazning eng baland narxi 3750 so‘m etib belgilandi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/hucbNjXk10TQHbEpPA5svCVO4WJeHX7s_medium.jpg)
08:42 / 02.04.2024
Metan zapravkalarda gaz 3800 so‘mdan sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Vazirlik munosabat bildirdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/VfvzL7LT7hsAcvrmdWfxU8-WdUx0yh9l_medium.jpg)
11:49 / 30.03.2024