“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ tarkibidagi Janubiy kon boşqarmasiga qaraşli “Marjonbuloq” konida ekskavator maşinisti yirik hajmli samosval bosib ötişi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Kun.uz’ning kombinatdagi manbasi ma’lum qildi.

Jamiyatning tarkibiy bölinmalari rahbarlariga yozilgan axborot xatida keltirilişiça, holat 25 yanvar kuni sodir bölgan. “Marjonbuloq” koni oçiq kon işlari uçastkasi ekskavator maşinisti Şodiyor Abjalov işga çiqiş jadvaliga asosan keçki smenaga işga kelgan. Biroq u işga çiqiş oldidan tibbiy körikdan ötmagan. Yozma topşiriq olgaç, işçi xodimlari bilan birgalikda “Zapadniy” karerida joylaşgan smena almaşiş maydoniga borgan.

Smena almaşiş maydonida tegişli topşiriqni olgan Abjalov ikki nafar hamkasbi bilan texnologik yöl orqali ekskavator tomonga ketişgan. Şu payt yölning qarama-qarşi tomondan BelAZ samosvali harakatlanib kelgan. Ob-havo noqulayligi, yomğir yoğayotganligi tufayli samosval haydovçisi piyodalarni körmay qolgan. Oqibatda Şodiyor Abjalov BelAZning çiqib-tuşiş zinasiga urilib, yiqilgan va uni samosvalning old ğildiragi bosib ötgan.

Ekskavatorçi zudlik bilan şifoxonaga olib borilgan. Ammo körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan u vafot etgan.

Ötkazilgan tekşiruv davomida BelAZ haydovçisi belgilangan 2 yillik stajga hamda tegişli rusumdagi samosvalni boşqariş huquqini beruvçi guvohnomaga ega emasligi aniqlangan. Şunday bölsa ham u oğir yuk kötaruvçi karer avtosamosval haydovçisi sifatida işga olingan.

Bundan taşqari, baxtsiz xodisa sabablari örganilganida Janubiy kon boşqarmasi xavfli işlab çiqariş obektlarida sanoat xavfsizligini ta’minlaş işlari yetarli darajada yölga qöyilmaganligi ma’lum bölgan.