Xöş, bu kiçik davlat bunday katta natijalarga qanday erişdi?

Singapur ötmişidagi korrupsiya manzarasi

Mustaqillikka erişgan Singapurda, bir tomondan, Britaniya mustamlakaçiligi paytida yozilgan qonunlar zaif, ikkinçi tomondan, huquqni muhofaza qiluvçi organlar uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşişga qodir emasdi. Amaldorlarning aksariyati esa korrupsiyaga ruju’ qöygandi. Aholining köpçiligi savodsiz bölib, öz huquqlarini himoya qilolmasdi.

Korrupsiyaga qarşi kuraş boşlagan birinçi hukumat qator muammolarga duçor böldi. Unga qarşi kuraşni tartibga soluvçi qonun oçiqçasiga zaif edi. Köplab korrupsion jinoyatlar qonun doirasidan çetda qolar, tegişli organlar esa öz vazifasini samarali ado etiş uçun zarur vakolatga ega emasdi. Amaldorlarning köpçiligi poraxör, qonunçilik esa samarasiz bölgani sababli jinoyatçini jazoga tortiş öta murakkab edi.

Foto: CNN

Davlat amaldorlari xususiy sektor xodimlaridan öz şaxsiy manfaatlari yölida foydalanişi odatiy hol edi, bunga qonun ustuvor emasligidan taşqari, aholi savodxonligi va huquqiy madaniyati darajasi pastligi ham sabab edi. Pora maqsadga erişişning yagona usuliga aylanib qolgandi.

“Bojxona amaldorlari kontrabanda va taqiqlangan mahsulotlarni taşiydigan transport vositalarini tekşirişni tezlaştiriş uçun pora olardi, – degandi Li Kuan Yu öşa vaqtdagi vaziyat haqida. – Markaziy ta’minot xizmati xodimlari muayyan pul evaziga manfaatdor şaxslarga tenderga kelib tuşgan arizalar haqida ma’lumot berardi. Import-eksport departamenti amaldorlari ruxsatnomani tezlaştirib bergani uçun pora olardi. Tekşiruvçilar kamçiliklarga köz yumişlari uçun pudratçilar ularga pora taklif qilardi. Dökondorlar va uy egalari axlatni olib ketgani uçun Jamoat soğliqni saqlaş departamentiga haq tölardi. Maktab direktori va öqituvçilari kanselyariya mahsulotlari keltiruvçilaridan foiz olardi.

Hokimiyat tizginidan şaxsiy manfaat yölida foydalanişga ötilganida inson ixtiroçilik qobiliyatining çegarasi yöqoladi”.

Korrupsiyaga qarşi kuraşning boşlanişi