O‘zbekiston | 14:02 / 24.08.2024
1673
1 daqiqa o‘qiladi

Singapur kompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirmoqchi

O‘zbekiston elchixonasi Singapurning yetakchi sayyohlik kompaniyalaridan biri - Chan Brothers Travel bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Foto: Dunyo

Hamkorlik doirasida NATAS Holidays 2024 xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida O‘zbekiston turizm salohiyati keng namoyishi etildi. Tadbirda 60 ta eksponent va 12 ta milliy turizm tashkilotlari qatnashdi.

20 ming kvadrat metr maydonda bo‘lib o‘tgan ushbu ko‘rgazma nafaqat Singapur, balki Janubi-Sharqiy Osiyoning boshqa ko‘plab davlatlaridan tashrif buyurgan keng jamoatchilikni ham o‘ziga jalb qildi.

Ko‘rgazma mehmonlariga mamlakat madaniy merosi, noyob tarixiy obidalari va go‘zal tabiat manzaralari aks etgan turistik paketlar taqdim etildi.

Yil oxirigacha  Chan Brothers Travel  kompaniyasi Singapurdan O‘zbekistonning asosiy turistik markazlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid