Mendeleyev 2-berk köçasida azaldan istiqomat qilib kelayotgan 10 ta xonadonga kiruvçi köça devor bilan berkitilib, odamlar kirib çiqişi uçun kiçikroq eşik qoldirilişi va’da qilinmoqda.


Berk köçadan esa snos qilingan uylar örnidan yangi yöl qurilmoqda. Uşbu yöl qurilsa, katta köça yoqasida yaşab kelgan uylar mahallaning eng oxirgi uylariga aylanadi. Çunki şundoqqina Böstonsaroy köçasidan burilib kiriş mumkin bölgan uylarga 800 metr naridagi Dahbed köçasidan kirib keliş kerak böladi.
Odamlar köça berkitilsa, mahallaga tez yordam, öt öçiriş maşinasi kirişi qiyinlaşişini aytişmoqda. Uylardan birida insultga yöliqqan oğir kasal ham borligini aytişdi.


Şuningdek, odamlar farzandlarini maktabga, boğçaga öz avtomaşinasida olib boriş uçun qiynala boşlaşadi. Yangi barpo etilayotgan köça Dahbet köçasiga olib çiqadi va buning uçun maşinada 800 metr yöl bosiş kerak böladi. U köçada SamMI klinikasining orqa darvozasi va bir neçta xususiy klinikalar joylaşgan bölib, doimo tirband böladi.

Yangi köça ötkazilişi tufayli mahallaning içimlik suvi va gaz ta’minoti ham uzilgan. Biz borganda içimlik suv tarmoğini ulaş işlari olib borilayotgandi.

Böstonsaroy köçasiga yondoş mahallalarga kiriş köçalarining barçasi ham yopilmagan. Mendeleyev köçasida yaşovçilar nega aynan ular yaşayotgan köça berkitib qöyilganidan hayron bölişmoqda. Çunki avval boşda bunaqa reja bölmagan körinadi. Çunki mahallaga kiriş yöli uçun joy qoldirilgan. Trotuar ham yöl oldida uzib qöyilgan.




















