Hozirgaça Ğarb davlatlarining heç biri şaxsan Putinga qarşi sanksiya qöllagani yöq. Oldinroq Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya yetakçisiga qarşi sanksiya AQŞ bilan munosabatlarga darz ketişiga olib kelişini aytgandi.

Duşanba kuni AQŞ prezidenti, qator Yevropa davlatlari yetakçilari va NATO rahbariyati Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan taqdirda qanday harakat qiliş böyiça onlayn maslahatlaşuv ötkazgandi. Oq uy muloqot jiddiy voqealar fonida yuqori darajada ötganini ta’kidladi. Unda NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg, Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen, Yevropa kengaşi rahbari Şarl Mişel, Polşa prezidenti Anjyey Duda, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya boş vaziri Mario Dragi, Germaniya kansleri Olaf Şols va Britaniya boş vaziri Boris Jonson iştirok etgan.

Seşanba kuni Berlinda Emmanuel Makron va Olaf Şols ikki tomonlama muzokara ötkazib, birgalikda matbuot anjumanida ham qatnaşdi. Ular Ukraina hududiy yaxlitligiga daxl soladigan voqea röy bersa, Ğarb keskin çoralar körişi, Rossiya «ortiği bilan tölaşi»ni aytişdi.

Britaniya boş vaziri Boris Jonson ham şu haqda gapirdi: «Rossiya Ukrainaga hujum qilsa, javob qaytarişga kelişib oldik. Avvalo keskin sanksiyalar kiritiladi. Oldin Rossiyaga qarşi heç qaçon bunaqa çoralar qöllanmagan. Britaniya Putinning sözlari uçun Rossiyaga qarşi sanksiyalarni kuçaytirişdan qörqmaydi», dedi Jonson.

Ispanlarning «Blas de Leso» fregati NATOning Qora dengizdagi doimiy guruhiga qöşiliş uçun ketmoqda. Kema Ispaniyaning Ferrol portidan 22 yanvar kuni yölga çiqqan. Foto: EUROPA PRESS NEWS

AQŞ Davlat departamentida seşanba kuni jurnalistlar iştirokida matbuot anjumani ötkazilgan. Unda Vaşington Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan taqdirda keskin sanksiyalar tayyorlayotgani aytilgan. AQŞ mahsulotlari işlatilgan Rossiya tovarlari, sun’iy intellekt mahsulotlari va aerokosmik texnikalar sanksiyaga uçraşi mumkin.

Davlat departamenti vakilining aytişiça, Yaqin Şarq, Şimoliy Afrika va Osiyo davlatlariga sanksiyalarga javoban Rossiya Yevropaga gazni uzib qöysa, Yevropa Ittifoqi davlatlariga gaz berilişini sörab murojaat qilingan.

Oq uy matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, AQŞda voqealar qanday rivojlanişiga qarab bir neça harbiy ssenariy mavjud. Şuningdek, AQŞ Şarqiy Yevropa davlatlarida NATO kuçlari sonini oşirmoqçi. AQŞning doim harakatlanişga tayyor 8,5 ming askari ham Yevropaga taşlaş uçun şay turibdi. Pentagon rasmiy vakili Jon Kirbining aytişiça, bu qöşinlar NATOdan sörov bölişi bilan harakatga keladi.

Qöşinlarni jangovar şaylikka keltiriş ğoyasini AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin ilgari surgan. Ularni yönaltirişni esa Jo Bayden tasdiqlaşi kerak. Sörov bölişi bilan AQŞning maxsus tayyorgarlikdan ötgan 8,5 ming askari 5 kun içida Şarqiy Yevropaga yetib boradi. Avvallari buning uçun 10 kun kerak bölgan. Şu bilan birga, NATO askarlarini alyans a’zosi bölmagan Ukrainaga olib kiriş rejada yöq. Bu haqda oldinroq AQŞ prezidenti ham aytgandi.

AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Ned Prays yaqinda rus qöşinlari olib kirilgan Belarusga ham ogohlantiriş bilan murojaat qilgan. Rossiya askarlari rasman öquv maşğulotlarida qatnaşiş uçun borgan. «Belarusni öz hududidan Ukrainaga hujum qiliş uçun foydalanişga ruxsat bersa, AQŞ va ittifoqçilari tomonidan keskin javob berilişidan ogohlantirdik», dedi Prays.

Fox News telekanali xabar qilişiça, seşanba kuni Kiyevga tankka qarşi Javelin rusumli raketalardan yana 300tasi yetkazib berilgan. REUTERS

Peskov: Kreml AQŞdan xavfsizlik böyiça kafolat kutmoqda

NATO Bolgariya, Ruminiya va Boltiqböyi davlatlaridagi qöşinlarini kuçaytirişda davom etmoqda. Bu davlatlarga harbiy kemalar va qiruvçi samolyotlar yuborilyapti. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, AQŞ mintaqadagi keskinlikni oşirib yuboryapti. Peskovga köra, Kreml AQŞ askarlarining şay holatga keltirişi va ularning Yevropaga taşlaniş ehtimoliy holatini jiddiy kuzatmoqda.

Rossiya hamon AQŞ va NATOning xavfsizlik böyiça söroviga rasmiy javob bermagan: «Biz hamon öşa maşhur xat körinişidagi javobni kutyapmiz. Uni şu haftada olsak kerak. Biz AQŞning harakatlarini xavotir bilan kuzatyapmiz», dedi Peskov.

Kiyev ğarblik ittifoqçilarining yordamlarini xursandçilik bilan qabul qilmoqda. Ammo öz diplomatlarini Ukrainadan olib ketayotgan AQŞ va Britaniya kabi davlatlarning bu harakatlarini ortiqça ehtiyotkorlik deb baholamoqda. Ukraina Xavfsizlik va mudofaa kengaşi boş kotibi Aleksey Danilov Rossiya bilan uruş 2014 yildan buyon davom etayotganini, diplomatlarini olib ketayotgan davlatlar ortiqça ehtiyotkorlikka yöl qöyayotganini ta’kidlagandi.

«Çegaradagi Rossiya askarlari köpçilik vahima bilan tasvirlayotgani kabi köpaygani yöq. Töğri, qandaydir manyovrlar közga taşlanyapti, ammo ular doim bölgan. Rossiya askarlarini öz mamlakati içida xohlaganiça harakatlantirişi mumkin. Ha, bu biz uçun yoqimsiz, lekin yangilik emas. Ğarbdagilar uçun yangilik bölsa bordir», degandi boş kotib.

Danilov Ğarb davlatlarining Ukrainadan diplomatlarini olib çiqib ketişi faqat Rossiyaning foydasiga işlaşini aytgandi. Uning fikriça, Rossiya Ukrainada sarosima paydo qilişni istayapti va hozirça buni yaxşigina uddalamoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ğarblik diplomatlar mamlakatni tark etayotgani uruş bölişi aniq ekanidan dalolat emasligini ta’kidladi. «Yevropa Ittifoqidagi köplab davlatlar öz diplomatlarini Ukrainadan olib çiqiş haqida öylamayapti. Ba’zi davlatlar elçixonasi xodimlarining bir qismini olib çiqib ketayotgani esa uruş bölişi tabiiy degani emas. Bu şunçaki diplomatik öyinlarning nozik tomoni», degandi Zelenskiy.

Şuningdek, Ukraina prezidenti Normand formatidagi kelişuv böyiça tört davlat yetakçilari (Germaniya, Fransiya, Rossiya, Ukraina) Donbassdagi tinçlik masalasida tezroq uçraşişi kerakligini aytgan. «Normand formati böyiça maslahatçilar uçraşuvi ötkaziladi. Albatta, bolalarça illyuziyaga işoniş kayfiyati yöq bölsa-da, ozroq umid bor. Töxtovsiz işlasa, natija böladi, tinçlik böladi», degan Zelenskiy.