“Prinsip belgilandi. Bizning [Ukraina prezidenti Volodimir] Zelenskiyga yöllagan xabarlarimiz yaxşi qabul qilindi”, dedi Barro BBC'ga bergan intervyusida.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga berilgan fransuz raketalari bilan Rossiya hududiga zarba beriş ruxsatini berişga tayyorligi haqida şu yil boşidayoq aytgan. Barroning yuqoridagi bayonoti esa Ukraina kuçlari AQŞ va Britaniyaning uzoq masofali raketalari bilan Rossiya hududiga ilk marta zarba yöllaganidan bir neça kun ötib aytildi.
Fransiya Ukrainaga 250 kilometr masofagaça zarba yöllovçi SCALP raketa tizimlarini yetkazib bergan.
Jan-Noel Barro bir neça kun oldin Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Lemmi bilan muzokara ötkazgan edi. Uning fikriça, Ğarbdagi ittifoqçilar Ukrainaga qöllab-quvvatlov hajmini çeklamasligi kerak. Bu masalada “qizil çiziqlar” qöymaslik zarur, deydi u.
BBC muxbirining harbiy harakatlarga Fransiya harbiylari ham jalb etilişi ehtimoli haqidagi savoliga, Barro: “Biz heç qaysi variantni inkor qilmayapmiz”, deya javob berdi.
“Ukrainani qança kerak bölsa şunça intensiv va uzoq qöllab-quvvatlaymiz. Nima uçun? Çunki xaritaga bizning xavfsizligimiz qöyilgan. Rossiya armiyasi har safar bir kvadrat kilometrga siljiganida, Yevropaga xavf ham bir kvadrat kilometrga yaqinlaşadi”, dedi u.
Fransiya taşqi işlar vaziriga köra, uning mamlakati Ukrainani NATOga taklif qilişga tayyor.
“Biz taklif yuborişga tayyormiz. Döstlarimiz va ittifoqçilarimiz, şuningdek, Ukrainaning döstlari va ittifoqçilari bilan muhokamalarimizda ularni öz pozitsiyamizga yaqinlaştiriş ustida işlayapmiz”, dedi Jan-Noel Barro.












