08:28 / 12.02.2022
6443

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi

Foto: Depositphotos

Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasi faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni klinik-funksional ma’lumotlarni olishga doir qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazmasdan turib, ular nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilganda nogironlikni muddatsiz davrga belgilash amaliyotini joriy etish hamda tibbiy-ijtimoiy xizmatning mutlaqo yangi modelini shakllantirish vazifasi belgilangan.

Quyidagilar:

  • Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tizimi tashkiliy tuzilmasi;
  • Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi tuzilmasi; 
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining, tumanlararo, tuman (shahar), ixtisoslashtirilgan va pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari namunaviy tuzilmalari;
  • zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan davlat tibbiyot muassasalariga bepul tekshiruvlar o‘tkazish uchun biriktirilgan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari ro‘yxati; 
  • Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish hamda ularga nogironlikni belgilash sohasidagi asosiy vazifalari, huquqlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom; 
  • tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish va ularga nogironlikni belgilash sohasidagi asosiy vazifalari, huquqlarini hamda faoliyatini tashkil etish va baholab borish tartibini nazarda tutuvchi Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari to‘g‘risidagi nizom; 
  • fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida ko‘rikdan o‘tkazish uchun qabul qilish va o‘tkazish tartibi, nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar ro‘yxati va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari, nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlar hamda ko‘rikdan qayta o‘tkazish muddati ko‘rsatilmasdan nogironlik belgilanadigan kasalliklar ro‘yxatini nazarda tutuvchi Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 
  • jabrlanganning kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini ekspertizadan o‘tkazishning asosiy mezonlarini, kasblar faoliyati bilan bog‘liq kasb kasalliklari ro‘yxatini, jabrlanganda kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajalari hamda ularni belgilash tartibini nazarda tutuvchi Mehnatda mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqishning muddatlari va bosqichlarini, uni ishlab chiqishda nogironligi bo‘lgan shaxs hamda mutaxassislar ishtirokini, dasturni bajarishda bajaruvchi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar hamda unda belgilangan tadbirlarning monitoringini olib borish va bajarish natijalarini baholash tartibini nazarda tutuvchi Nogironligi bo‘lgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining faoliyati tashkil etilgunga qadar “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq 16 – 17 yoshdagi bolalarga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan nogironlik guruhi belgilangan hamda ularga “bolalikdan nogironlik” maqomi berilgan muddat mobaynida nafaqa va nogironlik guruhi uchun to‘lov to‘lanadi.

Top