19:00 / 03.03.2022
14588

“Hattoki Meksikadan qo‘ng‘iroq qilib, hamkorlik taklif etishdi” Anvar Abduqayum

Toybola Toys brendi asoschisi Anvar Abduqayum Kun.uz bilan suhbatda tadbirkor sifatida tanilishiga sabab bo‘lgan onlayn loyiha haqida gapirdi.

Bugun odamlarning vaqtlari qimmat

Bugungi odamlar nihoyatda tezlashib ketishgan, ularga vaqt qimmat hisoblanadi. Internet ularning ishini oson qilyapti, buning qulayligi - qachonki ishdan bo‘sh vaqtda bemalol internet orqali hamma ma’lumotlarni olish, Youtube’da istagan ko‘rsatuvini ko‘rish imkoniyati mavjud. Bamaylixotir televideniyeni kuzatishga yoki gazeta o‘qishga vaqt bo‘lmayapti.

Ayniqsa aholining ma’lum bir faoliyat bilan band qismi: davlat idoralari xodimlari, tadbirkorlar, umuman to‘lov qobiliyatiga ega qatlam televizor ko‘rmayapti. Aksariyat odamlar onlayn platformalardan foydalanyapti.

“Subektiv” loyihasi bizni 3 mln odamga tanitdi

Tadbirkor sifatida tanilishimga ham onlayn platforma sabab bo‘ldi. Kun.uz’ning “Subektiv” loyihasida bizning faoliyatimiz haqida ko‘rsatuv tayyorlashdi va ko‘rsatuv e’lon qilingach, uch kun ichida butun dunyodan qo‘ng‘iroqlar bo‘la boshladi: Norvegiya, Yangi Zelandiya, Meksika, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlardan yurtdoshlarimiz, tadbirkorlar bog‘lanib, hamkorlikni taklif qilishdi.

Kun.uz’ning ushbu loyihasi orqali 3 mln odamga tanildim. Boshqa biror joyda bunchalik tanilish imkoniyati yo‘q.

Kun.uz doim tezkor va xolis ishlaydi

Kun.uz loyihalarining ustunligi shundaki, sayt o‘z kuzatuvchilariga doim tezkor va ishonchli, xolis tarzda ma’lumot yetkazadi. Bunday katta qamrovdagi obunachilarni saqlab qolish uchun jamoa professional ishlaydi.

Shuningdek, reklamalarni suratga olish jarayonlarida ham alohida yondashuv bilan ishlanadi. Bunga shaxsan o‘zim guvoh bo‘lganman. Videoni ko‘rsangiz, siz ham bunga tan berasiz.

Jamoaga nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoga xabar tarqatuvchi agentliklar orasida ham birinchilikni qo‘lga kiritishni tilayman.

Mavzuga oid
Top