SUBeKTIV va Mazza – 2022 yilning eng yaxshi loyihalari
Kun.uz homiyligidagi SUBeKTIV ijtimoiy ko‘rsatuvlar loyihasi va Mazza kulinar-ko‘ngilochar loyihasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan Digital Marketing Awards 2023 xalqaro forumida g‘oliblar qatoridan joy oldi.

19-20 mart kunlari Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida Digital Marketing Awards 2023 Xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda marketing yo‘nalishida xalqaro tajribaga ega rossiyalik, belaruslik spikerlar ishtirok etishdi.
Har yili o‘tkaziladigan Tashkent Digital Marketing Forum mukofoti o‘tgan yil davomida eng muvaffaqiyatli brendlar, loyihalar, raqamli kontent mualliflariga beriladi.
Forumning bu galgi g‘oliblari orasida Kun.uz homiyligidagi SUBeKTIV va Mazza loyihalari munosib taqdirlandi.
SUBeKTIV 2022 yilning eng yaxshi ijtimoiy kontenti deb topildi.
Mazza loyihasi 2022 yilning eng yaxshi pazandalik kontenti deb e’tirof etildi.
SUBeKTIV – Jamshidxon Ziyoxonov boshchiligidagi jamoaning ijodiy loyihasi bo‘lib, 2021 yildan buyon o‘tkir ijtimoiy mavzular va ma’rifiy yo‘nalishda videokontent yaratib kelmoqda. Ayni paytda loyiha YouTube'da 560 mingdan ortiq obunachiga ega.
Mazza – kulinar-ko‘ngilochar videoloyiha. Unda bosh qahramon Otaxon Yusupov tabiat bag‘rida milliy va xorij taomlarini tayyorlaydi, bu jarayon “no comment” uslubida, jonli tovushlar hamohangligida tomoshabinga taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Texasda kuchli suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar
Jahon | 13:50
-
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10
-
Messi avval golga sababchi bo‘ldi, keyin esa ikkita chiroyli gol bilan kambek qildi
Sport | 11:31
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26
Mavzuga oid

19:02 / 30.06.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV

20:41 / 25.04.2025
Yo‘l haqi narxlari qaysi shaharda o‘zini oqlaydi? | SUBYEKTIV

16:42 / 23.02.2025
Kim aybdor: o‘qituvchi yo o‘quvchi? | SUBYEKTIV

21:00 / 28.12.2024