O‘zbekiston | 12:00 / 14.03.2022
12347
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Asakabank” AJ davlat banklari orasida birinchi bo‘lib Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha (ISO 37001:2016) xalqaro standart sertifikatiga ega bo‘ldi

Foto: Asakabank

“Asakabank” AJ O‘zbekistonda davlat ulushi bo‘lgan banklar orasida birinchilardan bo‘lib, Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Mazkur xalqaro sertifikat endilikda bank faoliyatida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqish, joriy etish, tahlil qilish va takomillashtirish uchun talab va ko‘rsatmalarni belgilab beradi.

“Korrupsiya  XXI  asrning eng katta muammolaridan biri bo‘lib, dunyo mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, davlat organlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Foto: Asakabank

Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, buni mamlakatimiz rahbarining sohaga oid qabul qilingan farmoni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun, ko‘plab me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ayni yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar misolida ko‘rish mumkin. Xususan, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish yuzasidan qator maqsad va vazifalar belgilangan. Bundan tashqari, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan dasturlar va yangi standartlar muvaffaqiyatli joriy etilmoqda. Ulardan biri Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha (ISO 37001:2016) xalqaro standart sertifikatidir. ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni ko‘rish hamda korrupsiya xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan maqbul va aniq mezonli chora-tadbirlarni nazarda tutadi”, — dedi “Asakabank” AJ Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Boboxon Abdullayev.

 “Asakabank” AJ ushbu sertifikatni qo‘lga kiritish uchun qanday ishlarni amalga oshirdi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, bank tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

“Asakabank” AJda 2021 yil fevral oyida Komplayens nazorat departamenti tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida bo‘lim tashkil etildi.

“Asakabank” AJ tizimida korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish bo‘yicha bankning ichki me’yoriy hujjatlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi. 15 dan ortiq ichki me’yoriy hujjat ishlab chiqilib, Bank Kengashi va Boshqaruvi tomonidan tasdiqlandi. Mazkur hujjatlar bankning rasmiy saytiga joylashtirilgan.

Foto: Asakabank

Korrupsiya to‘g‘risidagi murojaatlarni qabul qilish uchun aloqa kanallari, shu jumladan, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida «@Asaka_antikorrup_bot», bankning rasmiy saytida «Komplayens menedjyer» sahifasi yaratildi. Shuningdek, bankning 1152 aloqa markazi orqali murojaatlar 24/7 rejimida qabul qilinadi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga kredit ajratish jarayonida korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida, anderrayterlar tizimi joriy qilinib, inson omili kamaytirildi.

2021 yil davomida bank tizimidagi xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berish maqsadida 9 ta o‘quv seminari va davra suhbati o‘tkazilib, ushbu tadbirlarda jami 2 mingdan ortiq xodimning ishtiroki ta’minlandi.

Bundan tashqari, bank tomonidan xarid amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlariga rioya etilishi yuzasidan tegishli o‘rganishlar amalga oshirilmoqda. O‘rganishlar davomida affillangan shaxslar, kelishib olingan harakatlar va “manfaatlar to‘qnashuvi” yuzaga kelishi holatlarining oldi olinmoqda. Shuningdek, bank tomonidan tuzilishi rejalashtirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma loyihalarining Qonun hujjatlariga muvofiqligi o‘rganib kelinmoqda.

Foto: Asakabank

O‘rganishlar davomida, 2021 yilda tashkil etilgan tender va tanlovlarning 2 tasida kelishib olingan harakatlar va affillangan shaxslar mavjudligi aniqlanib, qonunbuzilish holatining oldini olish maqsadida tanlov va tenderlar bekor qilinib, qayta tashkil etildi.

Bank tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion xavflarni aniqlash va ularni minimallashtirish, bank tizimidagi xodimlar korrupsiyaga qo‘l urmasligining oldini olish hamda bank tizimini “korrupsiyadan xoli soha”ga aylantirish bo‘yicha doimiy ravishda tegishli ishlar amalga oshirib kelinmoqda”, — dedi “Asakabank” AJ komplayens-nazorat departamenti direktori Alisher Davlatov.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid