Jamiyat | 14:24 / 04.04.2022
9833
2 daqiqa o‘qiladi

“Dadamning sog‘ayishini xohlayman” - 10 yildan beri bemor otasi uchun duo qilayotgan farzandlar

Surxondaryolik Faxriddin Shoniyozov 10 yildan buyon xastalik bilan olishmoqda. Unga jigar sirrozi tashxisi qo‘yilgan. Uch farzandning otasi uchun yagona najot – xorijda o‘tkaziladigan jigar ko‘chirish operatsiyasi tavsiya qilingan. 

10 yil kimgadir oz, kimgadir ko‘p muddat. Ammo shu muddat davomida faqat og‘riq, azob, xavotir va qo‘rquv iskanjasida yashagan inson uchun qanchalik og‘irligini his qilish qiyin emas. Surxondaryolik Faxriddin Shoniyozov 10 yildan buyon xastalik bilan olishmoqda. Unga jigar sirrozi tashxisi qo‘yilgan.  

Bemorning otasi Ne’matillo Shoniyozov uchun ayni suyanch bo‘ladigan farzandini bu holatda ko‘rish mushkul:

“O‘g‘lim 2012 yildan beri shu kasallikdan davolanib keladi. Ko‘rsatmagan joyimiz qolmadi. Har ikki oyda kasalxonaga yotqizamiz. Shifokorlar so‘nggi chora faqatgina jigar ko‘chirish operatsiyasi ekanini aytishdi. Lekin bu operatsiya xorijda o‘tkazilgani uchun katta mablag‘ ketar ekan. Biz esa buning ilojini qila olmayapmiz”.

Oila boquvchisi bo‘lgan bemor to‘shakka mixlangani sababli ro‘zg‘or yukini tortishning o‘zi bo‘lmayapti. Birgina nafaqa evaziga oiladagi 7 jonni boqish, dori-darmonlar olish, davolanish xarajatlarini ko‘tarish qiyin.

Faxriddin uch farzandning otasi, bolalari hali yosh. Ularning javdiragan ko‘zlarida bemor otalarining sog‘ayib ketishiga umid bor.

“Dadam ko‘p yillardan beri kasal. Hindistonga olib borib operatsiya qilinsa tuzalib ketar ekan. Dadamning sog‘ayishini judayam xohlayman”, — deya mo‘ltillaydi to‘ng‘ich qizi.

Faxriddin Shoniyozovga oid kartalar:

Uzcard: 8600 0417 6030 2506

Humo: 4073 4200 7589 8563

Гулмира Тошниёзова
Tayyorlagan Гулмира Тошниёзова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid