Öqituvçilar attestatsiyasi: Maşmaşaga aylangan e’tirozlar va rasmiylar javobi
|20:23 / 04.04.2022165 03510 min
Şu kunlarda butun respublikada maktab öqituvçilari uçun attestatsiya imtihonlari bölib ötyapti. Köplab öqituvçilar testlar sifati, savollar darajasi va şaroitlardan şikoyat qilyapti. Kun.uz bildirilayotgan e’tirozlar va mas’ul organning bunga izohlarini örgandi.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Mart-iyun oylarida 22 ta fan böyiça ötkaziladigan attestatsiyada iştirok etiş uçun 280 ming nafardan ortiq öqituvçidan ariza kelib tuşgan.
Köp sonli öqituvçi imtihon topşirayotgani uçun ham öqituvçilar örtasida hozir kun mavzusi attestatsiyalar bölib qolgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarni kuzatib, attestatsiyani ma’qullaydiganlar va uni kerak emas deb hisoblovçi öqituvçilar borligini anglaş mumkin.
Muhokamalarda bildirilayotgan ayrim fikrlarni e’tiboringizga havola qilamiz:
“Bizda bugun öqituvçilar öz kuçi bilan ötişdi. Bilimi bor nolimaydi. Öz ustida işlasa, hamma narsaning uddasidan çiqsa böladi”.
“5 yil oldin tayyorlanib ötgandim. Hozir yana qaytadan yodlaşga töğri kelyapti. Ha, ha, yodlaşga. Yodlangan narsa heç qança vaqt ötmay yoddan çiqadi”.
“Attestatsiya – mutaxassisning layoqatini baholaş degani. Kerakmi? Kerak. Lekin test qiliş mezonlarini puxta işlab çiqiş zarur”.
Attestatsiyaning sifati haqida salbiy fikrlardan taşqari, imtihondan öta olmay asabiylaşib, qon bosimi oşgan, stressga tuşgan öqituvçilar haqida ham izohlar yozildi.
Attestatsiya nega kerak özi?
Attestatsiya orqali öqituvçilar malaka toifasini (oliy, birinçi, ikkinçi darajali) olişi mumkin. Bir marta imtihondan ötib toifa olgan öqituvçi 5 yilgaça uni saqlab qoladi.
Toifasiga qarab öqituvçilarning oyliklari ham farq qiladi. Oliy toifa öqituvçi birinçi toifaga qaraganda, birinçi toifa esa ikkinçi toifaga qaraganda köproq maoş oladi.
Bundan taşqari, öqituvçilarning toifalari maktablar reytingini aniqlaşda ham ahamiyatga ega.
Körinib turibdiki, attestatsiyadan ötiş öqituvçilarning oyligiga, qolaversa, maktabning reytingiga ta’sir qiladi. Şu sabablar uçun ham öqituvçilar attestatsiyani oğriqli qabul qilayotgan bölişi mumkin: imtihonni yaxşi topşira olmagan oliy toifali öqituvçi birinçi toifaliga aylansa, maoşi ham şunga muvofiq kamayadi.
Mavzuga oid
Qolaversa, mutaxassis darajasidagi öqituvçi attestatsiyadan öta olmasa, iş beruvçi xodimning malakasi yetarli bölmagani sabab u bilan tuzilgan mehnat şartnomasini bekor qilişga ham haqli.
Öqituvçilar toifasi raqamlarda
Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi Kun.uz'ga taqdim etgan ma’lumotga köra, maktablarda işlayotgan 670 682 nafar öqituvçining 30 095 nafari oliy, 86 356 nafari birinçi, 150 643 nafari ikkinçi hamda 247 341 nafari mutaxassis toifasida.
Foizda körsak, oliy toifalilar atigi 4,5 foiz, birinçi toifali öqituvçilar esa 12,9 foiz ekani anglaşiladi. Ya’ni oliy va birinçi toifali öqituvçilarning umumiy uluşi 18 foizga ham yetmaydi.
Attestatsiyada öqituvçi 100 ball töplaşi kerak bölib, uning 20 balli öqituvçining pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligiga qarab maktab tomonidan qöyiladi. Qolgan 80 ball esa 40 ta testni işlaş orqali töplanişi kerak. Har bir toifa uçun ötiş ballari belgilangan, buni öqituvçilar yaxşi biladi.
Attestatsiya kimlarga pulli?
Attestatsiyadan öqituvçilar 5 yilda bir marta majburiy tarzda ötkaziladi, lekin öqituvçilar navbati kelişidan oldin ham attestatsiyadan ötişlari mumkin. Buning uçun ular 5 yil ötişini kutişi şart emas. Faqat tölovi bor – 1 BHM (270 ming söm) miqdorida. Murojaat my.gov.uz portali yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy sayti orqali murojaat qilinganda, yiğim summasidan 10 foiz imtiyoz beriladi.
Tölanadigan mablağning 50 foizi Ta’lim inspeksiyasiga ötkaziladi. Qayd etilişiça, bu mablağ malaka (test) sinovlari uçun test tuzadigan va ekspertizadan ötkazadigan ekspertlarga şartnoma asosida haq tölaş, xalqaro ekspertlarni jalb qiliş, sinovlarni taşkil qilişda pedagoglarga şaroit yaratiş, yuqori tezlikdagi internetga ulaniş, zarur jihoz va uskunalar xarid qiliş va boşqa şu kabi maqsadlar uçun sarflanadi.
Imtihondagi şaroitlar
Attestatsiyaning ilk kunlarida öqituvçilarning köçada sovuqda ötirib (mart oxiri yoğingarçiliklar hali butunlay tugamagani bois yerlar nam edi), navbatini kutayotgan surati tarqaldi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ba’zi öqituvçilar belgilangan vaqtdan keçroq imtihonga kirgani haqida ham aytildi.
Ta’lim inspeksiyasi izohiga köra, bu yil imtihonda qatnaşayotgan öqituvçilar soni köproq ekani sabab sinovlar uçun kattaroq binolar tayyorlangan. Hukumat tomonidan mahalliy hokimliklarga uşbu jarayonlarda zarur şart-şaroitlar yaratiş, internet va elektr toki uzluksiz işlaşini ta’minlaş böyiça topşiriqlar berilgan.
Har bir öqituvçiga testga kiriş vaqtidan yarim soat oldin kelişi xabar qilingan. Bir guruhda birdaniga 100-200 kişi attestatsiyada qatnaşsa, taxminan 200 kişi uçun kutiş joylari taşkillaştirilgan.
“Biroq köpinça tuşdan keyin testga kiradigan öqituvçilar öz navbatlaridan xabarlari bölsa-da, boşqa hamkasblaridan testlar haqida taassurotlarini söraş, savollari haqida biliş uçun ertalab kelib olişmoqda. Hattoki, ayrim holatlarda attestatsiyaga öşa kuni kirmaydigan pedagoglar ham borib, testga kirib çiqqanlar bilan suhbatlaşişmoqda. Bu vaziyatda kutiş joyida emas, köçada boşqa joyda ötirişni ma’qul körişmoqda.
Tan olib aytiş kerak: ayrim hududlarda elektr tokidagi uziliş yoki boşqa sabablar bilan pedagoglar belgilangan vaqtdan sal keçroq testga kirgan holatlar ham kuzatildi”, deya izoh berdi inspeksiya Kun.uz'ga.
Savollar sifati haqida e’tirozlar
Attestatsiya savollarining darslikdan taşqari manbalardan tuşgani, asosan, yodlaşga asoslangani haqida ham e’tirozlar bor.
Bunga Ta’lim inspeksiyasi quyidagiça izoh berdi:
“Nazorat savollari, asosan, darsliklarga emas, davlat ta’lim standartlariga suyangan holda pedagogning kompetentligini va pedagogik mahoratini oçib berişga qaratilgan.
Test savollarini haqiqiy imtihon jarayonida işlatiş uçun, ekspertiza, aprobatsiya, validlik va işonçlilik tahlillari kabi bir neça jarayonlardan ötkaziladi.
Şu bilan birgalikda, alohida ta’kidlaş lozimki, test savollarini şakllantirişda har bir fanga alohida yondaşiladi. Çunki matematika fani uçun zarur bölgan malaka va könikmalar, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy fanlardan farq qilişi mumkin.
Şundan kelib çiqqan holda bu örinda barça fanlarni umumlaştirib, test jarayonlarida berilgan 40 ta savoldan aynan qançadir qismi mantiqiy yoki nazariy savollarga ajratiladi, deyiş biroz muşkul.
Biroq bu örinda nazariy savollar deganda bevosita yodlaşga qaratilgan topşiriqlarni tuşunmaslik lozim. Topşiriqlar, asosan, nazariy bilimlarning bevosita amaliyot yoki dars jarayonlariga tatbiq qilinişi bilan boğlanadi.
Ötgan yildan boşlab, Ta’lim inspeksiyasi tomonidan barça 33 ta umumta’lim fanlaridan test topşiriqlari formati (fan mazmuni tarkibi, savollar soni, topşiriqlar turi, vaqt me’yori) va baholaş mezonlari e’lon qilindi. Öqituvçilar ular bilan tanişişi mumkin.
Bundan taşqari, har yili malaka (test) sinovlari oldidan haqiqiy imtihon holatiga yaqinlaştirilgan, test topşiriqlari formatiga mos tarzda namunaviy savollar orqali öz bilimlarini yana bir bor sinovdan ötkaziş imkoniyati yaratilgan”.
Öqituvçilarning natijalari qanday?
Hozir attestatsiya davom etayotgani uçun öqituvçilarning qanday ball olayotgani töla tahlil qilinmagan. Biroq taxminan 55 foiz öqituvçi ijobiy natijaga erişgan.
1 aprel kunigaça 73,9 ming öqituvçi attestatsiya topşirgan va 92ta holatda öqituvçilar qoida buzgani uçun dalolatnoma tuzib testdan çetlaştirilgan. Dalolatnoma tuzilgan öqituvçiga ball berilmaydi. Lekin keyingi sinovda qatnaşişiga taqiq yöq.
“Hafta oğir ötdi”
Ta’lim inspeksiyasi bölim boşliği Raşid Tojiboyev Telegram-kanalida şunday yozadi:
“Oldinlari oliy ma’lumotli öqituvçi oliy toifani oliş uçun 13 yil kerak bölgan bölsa, hozirda kamida 1 yarim yil talab etiladi. Nafaqadagi, köp yillik mehnat stajiga ega öqituvçilar, öquvçilari xalqaro olimpiadalar sovrindorlari, xalqaro sertifikatga ega öqituvçilarga imtiyozlar berilgan.
Barça fanlardan test formatlari (fan qamrovi, fan mazmuni, savollar turi, vaqt me’yorlari va baholaş mezonlari) e’lon qilindi. Tayyorgarlik uçun namunaviy test savollari sinov rejimida joriy qilindi. Test savollari takomillaştirilib, öqituvçiga yangi bölgan manbadan foydalanildi.
Lekin baribir malaka sinovidan öta olmagan öqituvçilarning e’tirozlari töxtamayapti. 14 martdan beri apellyatsiya komissiyasida işlayotgan bölsam, öqituvçilar tomonidan turli tahdidlar, tamagirlik holatlari, pora taklif qilişlar, sökiş va qarğişlar bölmoqda.
Test savollariga yangiça yondaşilgani bois, darslikda isbotlab beriş talab etilmoqda. Ta’lim inspeksiyasi saytidan şaxsiy nomerimni olib, ertalabgaça 30 martalab telefon qiliş holatlari bölmoqda. Barçasi bilan ZOOM orqali boğlanib, özining savollar kitobi bilan taniştirganimda, xatolarini körib birdan unsiz bölib qolmoqda.
Xullas, hujjat topşirgan 281 mingta öqituvçiga yoqişning imkoni bölmayapti”.
Ikki tomonning ham öz haqiqati bor
Öqituvçilarni har tomonlama tuşuniş mumkin: bir sinfda köp sonli bola bilan işlaş, darsdan keyin ham ma’lum vaqtni daftar tekşiriş va boşqa şunga öxşaş işlar uçun ajratiş, qolaversa, maktablarda ham tadbirlar taşkillaştiriş, oçiq darslar ötiş kabi öziga xos taşkiliy işlar böladi. Bulardan ortib yana özi ustida işlaşi kerak. Ehtimol, maktablar reytingi sabab attestatsiyadan öta olmaganlar direktordan gap eşitişi ham mumkin.
Qolaversa, yoşi katta ustozlar özlaridan ança kiçik şogirdlarining toifalari özlaridan baland bölişini ham qabul qilişi qiyin bölişi mumkin. “Neça yillik tajribaga ega böla turib, mendan toifasi baland böladimi?” deb öylaşlari ham mumkin.
Lekin hozir raqobat davrida hamma sohada ham yaxşi kadrlar boşqalarga qaraganda köproq maoş olişni, köproq imtiyozlardan foydalanişni xohlaydi. Bunga moslaşiş va harakatçan böliş orqali ilmlilar qatoriga kiriş mumkin.