Davlat organlarida kadrlar bilan ishlash yo‘nalishida avtomatlashtirilgan tizim joriy etiladi
Prezidentning “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Adliya vazirligi tizimida kadrlar bilan ishlash yo‘nalishidagi byurokratik to‘siqlarga chek qo‘yish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni va inson omilini minimallashtirishga qaratilgan avtomatlashtirilgan tizim joriy etilgani bildirilgan.
Davlat boshqaruvi organlari kadrlar bilan ishlash yo‘nalishidagi byurokratik to‘siqlarni, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni va inson omilini minimallashtirishga qaratilgan avtomatlashtirilgan tizimni 2023 yil 1 yanvarga qadar quyidagi talablar asosida joriy etadi:
- vakant lavozimlarni e’lon qilishdan tortib, tanlov o‘tkazish va ishga qabul qilish natijalari bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq elektron shaklda amalga oshirish;
- tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar ma’lumotlarini yagona elektron bazaga birlashtirgan holda axborotni to‘plash va ishlov berish;
- kadr ish yurituvi hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda faqat tizim orqali elektron shaklda qabul qilish va yuritish;
- xodimlarning ish faoliyati samaradorligini avtomatik baholash va masofaviy o‘qitish;
- kadrlar bo‘yicha ma’lumotlarning elektron arxivini (HR–Data) yuritish.
Davlat boshqaruvi organlari kadrlar bilan ishlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish bo‘yicha sarf-xarajatlarni o‘z budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalari hisobidan amalga oshiradi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dronlar va zamonaviy qurollar – mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalidan fotoreportaj
O‘zbekiston | 12:36
-
Rossiyada Bryansk va Kurskda ko‘priklar qulashi terakt deb tan olindi
Jahon | 12:20
-
Toshkentda L9 haydovchisi tez yordam mashinasiga yo‘l bermadi. Faollar unga ko‘rilgan chorani yengil deb baholashmoqda
O‘zbekiston | 12:16
-
O‘zbekiston Rossiyadan turistlar oqimini oshiradi
O‘zbekiston | 12:05
Mavzuga oid

10:04 / 04.02.2025
Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi qanday shakllantiriladi?

10:12 / 31.01.2025
Oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi maxsus platforma orqali shakllantiriladi

15:25 / 13.01.2025
Faol deputatlar milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi

15:03 / 10.01.2025