Turkiya Shvetsiya va Finlandiya uchun NATOga kirish eshiklarini yopmasligini bildirdi
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqida “ijobiy fikr”ga ega emasligini aytgandi.
Anqara Shvetsiya va Finlandiya uchun NATOga kirish eshiklarini yopmaydi, ammo alyansning qolgan a’zolari Turkiyaning milliy xavfsizlik sohasidagi xavotirlarini hisobga olishini talab qiladi, dedi Turkiya prezidenti vakili Ibrohim Qalin.
"Biz eshiklarni yopmaymiz. Biroq bu masalani Turkiyaning milliy xavfsizligi masalasi sifatida ko‘tarib chiqamiz. Ular nima qilishi kerakligi aniq: Kurdiston ishchilar partiyasi vakillariga o‘z faoliyatini olib borishga ruxsat berishni to‘xtatishi, mazkur mamlakatlarda bu tashkilotning, ayrim shaxslarning mavjudligiga nuqta qo‘yishi kerak", - dedi u.
Shu bilan birga, Qalin Turkiya bu mavzuda Shvetsiya bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini aytdi.
"Albatta, biz shvetsiyalik hamkasblar bilan muloqot, muzokaralar o‘tkazishni istaymiz. Agar Finlandiya va Shvetsiyada o‘z milliy xavfsizligidan tashvishlanadigan jamoatchilik bo‘lsa, bizda ham o‘z xavfsizligi uchun xuddi shunday tashvishlanadigan jamoatchilik bor. Biz buni umumiy nuqtai nazardan ko‘rishimiz kerak", dedi u.
Qalin shuningdek, Rossiyaning Finlandiya va Shvetsiyaning rejalarini tanqid qilishi Turkiyaning pozitsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaganini ta’kidladi.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqida “ijobiy fikr”ga ega emasligini aytgandi.
“Skandinaviya davlatlari terrorchilik tashkilotlari uchun mehmon uyiga o‘xshaydi”, - deya o‘z pozitsiyasiga izoh berdi Erdo‘g‘an.
Turkiya uzoq vaqtdan beri Skandinaviya mamlakatlarini, xususan, ko‘plab turk muhojirlari yashaydigan Shvetsiyani ekstremistik kurd guruhlari, shuningdek, Erdo‘g‘an Turkiyadagi isyon tashkilotchisi deb e’lon qilgan, AQShda istiqomat qiluvchi turk yozuvchisi, islom ulamosi va voiz Fathulloh Gulen tarafdorlariga boshpana berganlikda ayblab keladi.
12 may kuni rasmiy Helsinki Finlandiya Rossiyaning Ukrainadagi agressiv urushi munosabati bilan NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishini e’lon qildi. Yakshanba kuni Shvetsiya ham xuddi shunday qaror qabul qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
01:18 / 10.11.2024
Rossiyalik o‘qituvchilar «NATOdan himoyalanish uchun» folgadan qalpoqlar yasadi
10:09 / 09.11.2024