26 may kuni Toşkentda “Suv ta’minoti sohasida kadrlar siyosati: muammo va yeçimlar” mavzusida xalqaro matbuot anjumani bölib ötdi. “Özsuvta’minot” AJ tomonidan taşkil etilgan tadbirda jamiyat rahbariyati va mutasaddilari, xalqaro moliya institutlari vakillari, mahalliy oliygohlar rektorlari va OAV xodimlari iştirok etdi.
Ma’lum qilinişiça, “Özsuvta’minot” AJ va uning tizim taşkilotlarida jami 22 617 nafar işçi-xodim mehnat qilmoqda. Ularning kasbiy malakasini oşiriş uçun öqitiş va qayta tayyorlaş dasturlarini amalga oşiriş, yuqori salohiyatga ega kadrlar zaxirasini şakllantiriş, kadrlar qönimsizligining oldini oliş çoralarini köriş, mehnat bozorini örganiş va tahlil qiliş sohadagi jiddiy muammolardan biri hisoblanadi.
“Özsuvta’minot” AJ boşqaruv raisi örinbosari Xurşid Rahmatullayevning sözlariga köra, tizimda kadrlar qönimsizligi va tanqisligi kuzatilyapti.
“Sohamiz juda qadimiy bölsa-da, unda işlaydigan xodimlarni saqlab turiş, yangilarini jalb qiliş muammo bölmoqda. Kadrlar qönimsizligi, tanqisligi kuzatilyapti. Bizda faqat 14 foiz oliy ma’lumotlilar işlaydi. Işimizning öziga xosligini hisobga olsak, bu köpmi, kammi? Yoki gender tengligiga qaraydigan bölsak, uç yil oldin oldin bizda ayol-qizlar hissasi 16 foiz edi. Hozir bu körsatkiç 13 foiz. 9 ta institutdan faqat 2 kişi bizga işlaş uçun kelgan. Sönggi uç yilda sohaga oid faqat bitta ilmiy iş qilingan. Biz öz ğoyalari bilan kelgan yoşlarga imkoniyatimiz doirasidagi barça şaroitlarni yaratib berişga tayyormiz”, – dedi u.
“Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” instituti professori Xolmurod Nazarov bu masala yuzasidan öz fikrlarini bildirdi:
“Biz bu yil suv ta’minoti muhandislik tizimlari yönalişidan dastlabki kadrlarni tayyorladik. Ularning barçasi “Özsuvta’minot” AJ tarmoqlariga işga jönatilişi rejalaştirilgan. Bizning kafedramizda içimlik suvi va ekologiya muammolari böyiça tört nafar professor tadqiqot olib bormoqda va ta’lim bermoqda”.
“Özsuvta’minot” AJ xodimlar bilan işlaş bölimi boşliği Kenjabek Jörayev ayrim raqamlarni qayd etib ötdi:
“AJ tizimida 18 ta MÇJ bor. Jami 23 ming nafarga yaqin xodim işlaydi. Bugungi kunda 2 mingdan ortiq işçiga ehtiyojimiz bor. Ötgan yili 4 mingdan ortiq xodimimiz turli tarzda ta’lim olişdi. 115 xodimimiz OTMlarga kvota asosida qabul qilindi. Jamiyatimiz 7 ta OTM bilan hamkorlik örnatgan. Kuni keça Termizda talabalar bilan gaplaşib keldim. 116 nafar muhandis metrolog-texnologlar bizda işlaş istagini bildirişdi”.












