Davra suhbati davomida 2019-2022 yillarda quriliş sohasi asosiy körsatkiçlari va dinamikasi, ötkazilgan tahlillar hamda nazorat tadbirlarida aniqlangan huquqbuzarliklar va köp uçraydigan soliqdan qoçiş sxemalari muhokama qilindi.
2019-2022 yillarda tovar aylanma va bajarilgan işlar hajmi örtaça yildan yilga 15-20 foiz ortib borayotgan bölsa-da, soha böyiça örtaça xarajatlar rentabelligi 2021 yildagi 10 foizdan 2022 yilda 3,1 foizga tuşgani, quriliş sohasida faoliyat yuritayotgan 20 303 ta korxona 5 mingga yaqinida (24 foiz) hujjatlariga muvofiq rentabellik 0 foizdan past, 12 mingdan ortiğida (60 foiz) 0 foizdan 1 foizgaça va 904 (4 foiz) kompaniyada 1 foizdan 3 foizgaça rentabellik qayd etildi.
Bundan taşqari, 10 mingga yaqin (50 foiz) quriliş korxonalarida 1 nafar işçi rasmiylaştirilgan bölib, bu haqiqatda işlaydigan işçilar soni yaşirilayotganidan dalolat berişi ta’kidlandi.
Şuningdek, quyidagi:
turar joy obektlarini örtaça bozor narxidan keskin darajada past narxda realizatsiya qiliş. Misol uçun, quriliş korxonalari biri tomonidan Uçtepa tumanida qurilgan yangi köp qavatli turar joy majmuasidan 26 ta kvartira örtaça 1,8 mln sömdan sotilgan;
hisobotlarda xarajatlarni sun’iy ravişda oşirib körsatiş orqali faoliyatini zarar bilan yakunlaş natijasida foyda soliğini tölamaslik. Misol uçun, soliq tölovçi tomonidan 2022 yil 1-çorakda 16 mlrd söm realizatsiya amalga oşirilgan bölsa-da, faoliyat 8 mlrd söm zarar bilan yakunlangan;
jismoniy şaxslar tomonidan quriliş korxonalari ustav jamğarmasiga yirik miqdorda pul mablağlari, bino va inşootlar, quriliş mollari (manbasi körsatilmagan holda) kiritiş va realizatsiya qiliş. Misol uçun, 2 ta ta’sisçi jismoniy şaxslar tomonidan ustav kapitali 2021 yil boşidan bugungi kunga qadar 121 mlrd sömga töldirilgan. Ta’sisçilar soliq organlaridagi ma’lumotlariga asosan yillik rasmiy daromadi 3,4 mln sömni taşkil etgani aniqlangan;
bajarilgan işlar hajmini EHF rasmiylaştirmaslik orqali yaşiriş holatlari misollar şaklida taqdimot qilindi. Misol uçun, soliq tölovçining hisob raqamiga bajarilgan işlar uçun 78 mlrd söm mablağlar kelib tuşgan bölsa-da, soliq hisobotlarida 15 mlrd söm aylanma aks etgan.
Mazkur muammolarni hal qilişda, soliq qonunçiligiga ixtiyoriy rioya etilişi, soliq sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar afzalliklarini soliq tölovçilar bilan hamkorlikda muhokama qiliş orqali ijobiy natijalarga erişiş Davlat soliq qömitasi asosiy maqsadlaridan biri hisoblanişi ta’kidlandi.












