Estoniya boş vaziri Kaya Kallas NATOning Boltiqböyi davlatlarini Rossiya bosqiniga uçragan taqdirda himoya qiliş böyiça mavjud rejasini tanqid qildi va alyans tasvirlagan ssenariyda mamlakat yer yuzidan yöq bölib ketişidan ogohlantirdi. Bu haqda Kallas 23 iyun, payşanba kuni Financial Times gazetasiga bergan intervyusida aytib ötdi.
Boş vazirning sözlariga köra, NATO amaldagi rejasi Rossiya bosqiniga uçragan taqdirda Estoniya, Latviya va Litva 180 kun içida egallanişi, şundan söng alyans kuçlari ularni ozod etişi mumkinligini nazarda tutadi. Kallas Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişining yuz kunlik natijalariga işora qildi. «Agar siz Ukraina va Boltiqböyi davlatlarining ölçamlarini soliştirsangiz, bu mamlakatlar va madaniyatimiz butunlay vayron bölişini anglatadi. Agar siz Tallinda bölgan bölsangiz va bizning eski şahrimiz, u yerdagi köp asrlik tarix va madaniyatni bilsangiz - bularning barçasi xaritadan öçiriladi, jumladan, xalqimiz, millatimiz ham», dedi u.
Kallas Buçadagi qirğin va boşqa ehtimoliy harbiy jinoyatlar bosqindan taxminan 80 kun ötgaç sodir bölganini esladi. Boş vazirning ogohlantirişiça, «mağlubiyatga uçradi, keyin esa ozod qilindi» tamoyilidagi NATO konsepsiyasi aslida işlamaydi.
Kallas, şuningdek, Estoniyada joylaşgan, asosan Buyuk Britaniyadan kelgan xorijiy harbiylar bilan suhbatlaşganini aytdi va ular unga «Rossiyaning ehtimoliy bosqini vaqtida ölişlari kerakligi haqidagi fikr tinçlik bermayotganini tan oldi».
NATOning 1500 ga yaqin harbiy xizmatçisi Boltiqböyi davlatlarining har birida doimiy joylaşgan. Amaldagi mudofaa konsepsiyasi hujumga birinçi reaksiya uçun bunday kuçlarni joylaştiriş va qöşimça kuçlar kelişiga tayyorgarlik körişni öz içiga oladi. Jangovar guruhlar turli mamlakatlardan bölgani töxtatuvçi omil bölişi kerak, çunki hujum sodir bölgan taqdirda bu boşqa NATO mamlakatlari harbiylariga ta’sir qiladi, deb yozadi Bloomberg «tortilgan sim» (tripwire) tuşunçasiga ta’rif berib.
Madridda bölib ötadigan NATO sammiti oldidan Boltiqböyi davlatlari bu konsepsiya Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan keyin eskirganligini ta’kidlamoqda, deb yozadi FT va Bloomberg. «Endi hamma bu tortilgan sim tuşunçasi aslida işlamasligini körişi mumkin», dedi Kallas. Boltiqböyi davlatlari uni NATO birinçi kundan boşlab har bir qariç hududni himoya qilişga intiladigan strategiyaga özgartirişga çaqirmoqda. Estoniya boş vaziri, şuningdek, 20 mingdan 25 minggaça NATO askaridan iborat bölinmalarni Latviya, Litva va Estoniyaga yuborişni söradi, deb yozadi FT.
NATO rasmiysining naşrga aytişiça, alyans «tahdidlarni uşlab turiş va barça ittifoqçilarni himoya qiliş rejalariga ega», ammo NATO «heç qaçon operatsiya tafsilotlariga töxtalmaydi». Naşr suhbatdoşiga köra, NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg «tiyib turiş va mudofaani kuçaytiriş kelasi hafta bölib ötadigan NATO sammitining asosiy qarorlaridan biri bölişini aniq aytdi».
«Biz ittifoqdoş hududning har bir dyuymini har doim va har qanday tahdiddan himoya qiliş uçun köproq harakat qilamiz. Yuqori tayyorgarlikdagi kuçlar sonini köpaytiriş orqali NATO kuçlari tuzilmasini moslaştiramiz. Şuningdek, şarqdagi jangovar guruhlarni kuçaytiriş uçun köproq NATO old jangovar tuzilmalariga ega bölamiz», - dedi alyans vakili.
«Hozirgi körinişdagi tortilgan sim konsepsiyasi yetarli emas. Bizning harbiy maşğulotlarimiz yangi voqelikni aks ettirişi kerak. Ittifoqçilarning butun şarqiy hududi yangi tahdidga duç kelayotganiga javob berişimiz kerak. NATOning janubi-şarqiy Yevropa mamlakatlaridagi iştirokini oşiriş lozim», dedi Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok.
Berlin Litvaga 1000 nafarga yaqin askardan iborat hozirgi batalonga 3500 nafar askardan iborat «işonçli jangovar brigada»ni qöşişni taklif qildi. Harbiylarning aksariyati Germaniyada böladi va tezkor ravişda Boltiqböyi mamlakatlariga yetib bora oladi, deb yozadi FT.












