Estoniya Politsiya va çegara qöriqlaş departamenti Rossiya bilan çegarada hamda mamlakatning yirik şaharlarida aynan qaysi uçuvçisiz uçiş apparatlari uçayotgani haqida töliq tasavvurga ega böliş uçun «dronlardan himoya devori» qurişni rejalaştirmoqda.
Departament byurosi rahbari Ivi Kalmusning aytişiça, Estoniyada dronlarni kuzatiş va zarurat tuğilsa ularni urib tuşiriş imkoniyati mavjud, ammo bu yetarliça emas.
OAVda bir neça bor muhim infratuzilma obektlari ustidan uçuvçisiz uçiş apparatlari uçib ötgani töğrisida xabarlar berilgan. Şu bois mazkur devorni qurişdan maqsad — şarqiy çegara va törtta yirik şaharda past balandlikda uçadigan barça turdagi qurilmalarni aniqlaş imkoniyatini yaratiş.
Kalmusning ta’kidlaşiça, dronlarni aniqlaşda akustik aloqa, radiomonitoring, kameralar va radarlardan foydalaniş mumkin. Qayd etilişiça, «dronlardan himoya devori»ni quriş 2025 yildan boşlanişi rejalaştirilmoqda.
Hukumat keyingi uç yil davomida loyihani qöllab-quvvatlaşga 12 million yevroga yaqin mablağ ajratiş mas’uliyatini zimmasiga olgan. Yevropa Ittifoqining maqsadli jamğarmalaridan ham yordam körsatilişi kutilmoqda.
Avvalroq Moldova politsiyasi 10 noyabr kuni mamlakat hududiga qulab tuşgan ikkita uçuvçisiz uçiş apparati topilganini ma’lum qilgandi. Dastlabki ekspertiza xulosasiga köra, bu Rossiyada işlab çiqarilgan, portlovçi qurilmaga ega bölmagan «Şahed» tipidagi dronidir. U RF qöşinlari tomonidan Ukrainaga uyuştirilgan hujum doirasida uçirilgan bölişi mumkin.












