AQŞ Davlat departamenti saytida 25 iyul, duşanba kuni xabar qilinişiça, AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan bilan alohida telefon suhbatlarida «mintaqada tinçlik örnatiş uçun tarixiy imkoniyat»ni muhokama qilgan.

Ikkita deyarli bir xil xabarda qayd etilişiça, Blinken Ozarboyjon va Armaniston taşqi işlar vazirlarining yaqinda Tbilisida bölib ötgan uçraşuvini olqişlagan, tomonlarni muloqotni davom ettirişga undagan hamda «mintaqaviy transport va kommunikatsiya aloqalarini yengillaştirişda» AQŞ yordamini taklif qilgan.

Bundan taşqari, davlat kotibi Amerika YeI vositaçiligida Boku va Yerevan örtasidagi «samarali muzokaralar»ni qöllab-quvvatlaşini bildirdi. 1994 yildan beri Qoraboğ mojarosini tinç yöl bilan hal etiş böyiça YeXHT Minsk guruhi hamraisi bölgan AQŞ «Armaniston va Ozarboyjonga uzoq muddatli keng qamrovli tinçlik örnatişda yordam berişga tayyor», - deyiladi xabarda.

Yerevan va Boku örtasidagi mojaro 2020 yilning yozida avj oldi. Keyinçalik, 27 sentabrdan 9 noyabrgaça Armaniston va Ozarboyjon aholisi asosan armanlardan iborat bölgan Toğli Qoraboğ uçun uruş olib bordi. 6,5 ming kişining ölimiga sabab bölgan uruş natijasida Ozarboyjon Qoraboğning salmoqli qismini öz nazoratiga qaytardi.

Rossiya vositaçiligida Armaniston va Ozarboyjon öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv imzoladi, Rossiya tinçlikparvar kuçlari çegara çiziğiga olib kelindi, biroq mintaqada keskinlik saqlanib qolmoqda.

1991 yilda SSSR parçalanganidan söng, TQR bir tomonlama ravişda Ozarboyjondan mustaqilligini e’lon qildi, ammo heç bir davlat uni tan olmadi. Şundan keyin 1992-1994 yillarda boşlangan uruşda har ikki tomondan 25-30 minggaça odam halok böldi, 1 millionga yaqin kişi öz uyini taşlab ketişga majbur böldi.

Mojaroni tinç yöl bilan hal etişga qaratilgan muzokaralar jarayoni 1992 yilda boşlangan hamda öşandan beri Rossiya, Fransiya va AQŞ hamraisi bölgan YeXHT Minsk guruhi homiyligida davom etmoqda.