Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) sobiq direktori va AQŞ qurolli kuçlari markaziy qömondonligi (CENTCOM) sobiq rahbari Devid Petreus Ukraina uruş paytida Rossiya tomonidan egallab olingan hududlarni qaytarişi mumkin, deb hisoblaydi. Bu haqda amerikalik general 30 iyul, şanba kuni e’lon qilingan Bild gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

«Aslida, Ukraina qöşinlari sönggi oylarda Rossiya tomonidan egallab olingan hududning hammasini bölmasa-da, katta qismini qaytarib olişi ehtimoli ortib bormoqda», - dedi Petreus. «Agar NATO va ğarb davlatlari hozirgi sur’atda resurslar yetkazib berişda davom etsa, öylaymanki, Ukraina kuçlari Rossiyaning keyingi olğa siljişini töxtata oladi va 24 fevraldan beri ruslar tomonidan egallab olingan hududlarni qaytarib olişni boşlaydi», — dedi naşr suhbatdoşi. 

MRB sobiq rahbari, şuningdek, Rossiyaning ehtimoliy ğalabasi Yevropa uçun qanday oqibatlarga olib kelişi haqida ogohlantirdi va Şimoliy Atlantika alyansi buni allaqaçon anglab yetganini aytdi. «Rossiyaning Ukrainadagi harbiy muvaffaqiyati - men buni ehtimoldan yiroq deb hisoblayman - Yevropa xavfsizligi uçun falokatli böladi», - dedi general. 

«Oçiğini aytsam, NATO va unga kirmaydigan ğarb davlatlari yetakçilari buni tan oldi hamda Rossiya muvaffaqiyat qozonişiga yöl qöymaslik uçun zarur çoralarni körmoqda», - deya qöşimça qildi u. 

May oyi boşida DW’ga bergan intervyusida Petreus Rossiyaning yadro yoki boşqa ommaviy qirğin qurolini qöllaş ehtimoli haqidagi savolga javob berar ekan, Moskva tahdidlariga jiddiy baho berişga çaqirgandi, biroq xavfning özini past deb hisoblagandi. «Men yadro yoki kimyoviy quroldan foydalaniş ehtimoldan yiroq emas, degan fikrga moyilman. Bunda umumiy fikr bor, çunki bu qizil çiziqlarni kesib ötiş juda jiddiy oqibatlarga olib keladi», deb tuşuntirgandi general. 

MRB sobiq rahbari Kiyev va Moskva örtasidagi tinç muzokaralar imkoniyati haqida gapirar ekan, bu jarayonda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy asosiy rol öynaşi kerakligini ta’kidladi. «Axir, aynan uning mamlakati Rossiyaning buzğunçi harakatlariga çidaşga majbur bölyapti», dedi u. Petreusning fikriça, bu masalada Ğarb davlatlari Kiyevning pozitsiyasidan kelib çiqişi kerak: «Öylaymanki, agar Zelenskiy va uning atrofidagilar muzokara olib borişni istasa, biz, albatta, bu borada hamkorlik qilamiz va yordam beramiz». «Vladimir Putinga muzokaralar Ukraina bilan sodir bölayotgan voqealar tufayli emas, balki sanksiyalarning Rossiya iqtisodiyotiga ta’sirini yumşatiş uçun kerakligini yodda tutiş kerak», dedi general.