Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshda talabalar yonilg‘i narxi oshirilishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi
O‘tgan haftada hukumat yonilg‘i narxini oshirishga qaror qilganidan so‘ng jamoat transportida yo‘lkira haqi ko‘tarilgan.
Bangladesh poytaxti Dakkadagi talabalar yonilg‘i narxi oshirilishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi, deb xabar berdi Dhaka Tribune nashri.
Nashrning yozishicha, o‘tgan haftada hukumat yonilg‘i narxini oshirishga qaror qilganidan so‘ng jamoat transportida yo‘lkira haqi ko‘tarilgan.
Yakshanba kuni talabalar norozilik namoyishiga chiqqan. Namoyish politsiya bilan to‘qnashuvga aylanib ketgan.
Dushanba kuni qator institutlar talabalari yana namoyish o‘tkazdi. Ular yonilg‘i narxi oshirilishi to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish va jamoat transportida yo‘lkira haqini tushirishni talab qildi.
Mavzuga oid
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
08:49 / 04.06.2026
Toshkentda 40 ta zamonaviy AYoQSh qurish rejalashtirilmoqda
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
09:37 / 27.05.2026