AQŞ Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko rejimining 100 nafar amaldori va unga aloqador şaxslarga Belarusda «demokratik institutlarga putur va zarar yetkaziş yoki demokratiyaga ötişga tösqinlik qilişda iştirok etgani uçun» viza çeklovlari joriy qilmoqda. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Entoni Blinkenning 9 avgust, seşanba kungi bayonotida aytiladi. Bu izoh Belarusda 2020 yil avgust oyida bölib ötgan prezidentlik saylovlaridan keyin boşlangan norozilik namoyişlarining ikki yilligi munosabati bilan qilingan.
AQŞ Davlat departamenti ma’lumotlariga köra, gap Lukaşenko ma’muriyati, Içki işlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qömitasi (KGB), Markaziy saylov komissiyasi, Boş prokuratura, Tergov qömitasi, Transport vazirligi, Belarusning uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraş boş boşqarmasidagi amaldorlar, şuningdek, yuqori martabali harbiylar haqida bormoqda. Uşbu çora-tadbirlar Belteleradiokompaniyasi, «Ikkinçi milliy telekanal» xodimlariga ham ta’sir körsatdi.
Sanksiyaga tuşganlar, jumladan, qiynoqlar, tinç namoyişçilarni zöravonlik bilan hibsga oliş, jurnalistlarga hujum qiliş, saylovlarni soxtalaştiriş va siyosiy mahbuslarni siyosiy sabablarga köra hukm qilişda iştirok etgan, deya ma’lum qildi Amerika taşqi siyosat idorasi.
2020 yildagi saylovlardan beri AQŞ Davlat departamenti jami 297 kişiga viza çeklovlari joriy etiş çoralarini kördi.
Ayni paytda, YeIning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel alohida bayonot berib, Yevroittifoq Belarusga «demokratik ötiş» amalga oşişi bilanoq «3 milliard yevrolik keng qamrovli iqtisodiy qöllab-quvvatlaş rejasi»ni safarbar qilişga tayyorligini aytdi. «Bu bizning tinçlikka, demokratik intilişlarga va belarus xalqining farovonligiga uzoq muddatli sadoqatimizni yaqqol körsatadi», — dedi u.
«Biz Belarusda zöravonlik qöllaganlikda aybdor şaxslarni javobgarlikka tortiş böyiça xalqaro sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlaşda davom etamiz, bunda inson huquqlari buzilişiga oid dalillarni töplaş va saqlaş hisobga olinadi. Biz Lukaşenko rejimi qurbonlarini ham, uning ötmişdagi va hozirgi jinoyatlarini ham unutmaymiz», dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
U, şuningdek, Minskdagi rejimning Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşidagi rolini qoraladi. «Rossiya Ukrainaga qarşi asossiz bosqinçilik uruşini boşlaganida, Lukaşenko rejimi Belarus xalqining mutlaq köpçiligi irodasiga qarşi Putinning şerigiga aylanib, RFga Belarus hududidan Ukrainaga bostirib kiriş, raketalarni uçiriş uçun foydalanişga ruxsat berdi, Moskvaga töliq siyosiy va moddiy-texnik yordam körsatdi. Endi rejim uruşga qarşi çiqqan belaruslarni ta’qib qilmoqda», - dedi Borrel.












