Alaloqibat, «SULTON TEX GROUP»ga paxta yetiştiriş ajratilgan 15 ming gektar yer qaytarib olindi, Qarşi tumani fermerlariga korxona bilan şartnoma imzolaş esa öşandayoq taqiqlangan edi.
Şunça tösiqlar va qiyinçiliklarga qaramasdan, ip yigiruv, töqimaçilik va trikotaj-tikuvçilik mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxona öz oldiga qöygan maqsadlarga yetişiş yölida sobitqadam böldi.

Ötgan qisqa davr içida korxonada işlab çiqariş hajmi oşirilgan, korxona ança kengaytirilgan va Qaşqadaryoning eksport salohiyatiga hissa qöşişda davom etmoqda.

Korxona ahlining fidokorona mehnatlari besamar ketmadi. Korxona rahbari Nurbek Ergaşev tadbirkorlar kunida prezident farmoniga köra «Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Biz korxonaga yetib borganimizda, mehnat jamoasi boşliqlarini bayramona kutib olgani ustidan çiqdik. Şu kuni bayram böldi. Işçi-xodimlarga ziyofat dasturxoni ham yozildi.
Nurbek Ergaşev biz bilan suhbatda yuksak mukofotga loyiq körilgani, bildirilgan işonç uçun davlat rahbariga, Qaşqadaryo viloyati mutasaddilariga öz taşakkurini izhor etdi.

Şundan söng Nurbek Ergaşev özi rahbarlik qilayotgan korxonani aylantirdi, amalga oşirilgan va kelgusida rejalaştirilayotgan işlar xususida hikoya qilib berdi.
Korxonada özlari 74 gektar dalada yetiştirayotgan, Kasbi tumani fermerlaridan va birjadan xarid qilayotgan paxtani tozalab, undan ip yigirmoqda. Ma’lum bölişiça, 2022 yil mart oyida korxonada yangi ip yigiruv sexi işga tuşirilgan. Zamonaviy ip yigiruv sexi işlab çiqarayotgan mahsulotlar töliq xorijga eksport qilinadi.

Mato töqiş sexida korxonaning özi yigirgan iplarda toza mato töqilmoqda. Buyurtmaga qarab bu yerda 100 foiz paxtadan yoki sintetik tola aralaştirilgan holda trikotaj matolar ham töqilar ekan.


Tozalangan paxtaning çigitlaridan şu yerda rafinadlangan «Oq yoğ» brendi ostida toza paxta yoği tayyorlanmoqda. Şunisi qiziqki, şu sexda toza asal ham qadoqlanar ekan. Korxonaning öz asalariçilik xöjaligi ham bor ekan. 10 ming asalari qutisidan olingan asallar qadoqlanib, mahalliy bozorga tortiq qilinmoqda. Sof asallarni xorijga eksport qiliş böyiça muzokaralar ham olib borilmoqda ekan.


Ikki mavsumdan beri işlatilayotgan paxtani qayta işlaş sexida Hindistonda işlab çiqarilgan uskunalar örnatilgan. Ular özining energiya samaradorligi va kam inson kuçi talab etişi bilan farqlanib turadi.
Qayd etib ötiş joizki, korxonada işlovçi xodimlar vaxta usulida 3 smenada işlaşadi. Ularni korxona avtobuslari işxonaga va uyga taşib qöyadi. Buning uçun 12 ta avtobus safarbar qilingan.

Işçi xodimlar maroqli hordiq çiqarişi uçun mö’jaz boğ barpo etilgan. Oçiq maydonda hali stadion, soğlomlaştiriş yölaklari qiliş rejalaştirilmoqda.

«SULTON TEX GROUP»ning Qarşi şahri markazida joylaşgan tikuvçilik fabrikasida ham böldik. Bu yerdagi mahsulotlarning 99 foizi eksportga yönaltiriladi. Tikuvçilik sexi işçi-xodimlari ham yuksak davlat mukofotiga loyiq körilgan rahbarlarini qarsaklar bilan kutib olişdi.

Tikuvçilik sexida tikilayotgan sifatli kiyim-keçak mahsulotlarini asosan Rossiya, Ukraina va Turkiya kabi davlatlar xarid qilişadi.
Korxona özining 74 gektar va fermerlarning hozir 3300 dan ziyod gektar maydonida yetiştirilayotgan hosilni qayta işlamoqda. Albatta, bu kam. Korxona 20 ming gektarda yetiştiriladigan hosilni qayta işlaşga ixtisoslaşgan. Şunga yaraşa texnikalari bor va ularning katta qismi korxona maşina-traktor parkida işlatilmasdan turibdi.

Eng muhimi — «SULTON TEX GROUP» Turkiya bilan qöşma korxona tuzib, tuproqning tarkibini aniqlab beruvçi, uruğçilik böyiça biolaboratoriya faoliyatini boşlagan. Bu laboratoriyada dehqonlarga yerga kerakli miqdorda mineral öğitlar beriş böyiça tavsiyalar beriladi. Dehqonlar yerning şörlik darajasini aniqlaş, uning unumdorligini oşiriş, ortiqça xarajatlarga yöl qöymasdan ekin yetiştiriş böyiça aniq xulosaga ega bölişadi.

Korxona qoşida qişloq xöjaligi zararkunandalariga qarşi kuraşuvçi biolaboratoriya ham faoliyat körsatmoqda. Garçi uşbu mavsumda 5 ming gektar dala maydonlariga xizmat körsatiş böyiça şartnoma qilingan bölsa-da, laboratoriya bemalol 20 ming gektar paxta maydoni uçun biomahsulot işlab çiqariş quvvatiga ega.
Yuqorida aytilganidek, «SULTON TEX GROUP» köp tarmoqli korxona. Korxona qoşida parhez non mahsulotlari ham işlab çiqariş sexi bor. Non mahsulotlari korxonaning şaharning turli çetlarida joylaşgan sexlari oşxonasiga yetkazilibgina qolmasdan, aholi iste’moli uçun ham sotuvga çiqarilar ekan.

Undan taşqari, eşik tayyorlaş sexi ham faoliyat körsatmoqda. Sönggi dizaynda, buyurtmaga köra sifatli eşiklar yasalib, savdoga çiqarilmoqda.
Uruğlarni saralaş markazida esa çigit, ğalla, beda uruği, makkajöxori, loviya, moş kabi dukkakli mahsulotlar kalibrovka qilib saralanar va dorilanar ekan.
Korxonaning öz çorvaçilik xöjaligi ham bor. Unda korxona oşxonalari ehtiyoji uçun göşt yetiştiriladi. Qoramollar uçun somon va bedadan yem-xaşak zaxira qilingan.

Korxona böylab sayohatimiz nihoyasida 74 gektarda tomçilatib suğoriş texnologiyasi böyiça paxta yetiştirilayotgan dalasida ham böldik. Bu yerdagi ğözalar böliq bölib, allaqaçon paxtalar oçilgan. Sentyabr oyining 10-sanasidan terimga kirişiladi. Korxona gektaridan 50 sentnerdan hosil olişni möljallab turibdi.

Nurbek Ergaşev kibrdan xoli, har bir işçisi-dehqonini şaxsan taniydigan rahbar ekan. Uning boş maqsadi — korxona işçilar va mehnatkaşlar uçun barqaror iş joyi bölişi, korxona ulkan bir oilaga aylanib, barçaning dasturxoni obod, rözğori but bölişiga erişiş, korxonada «ustoz-şogird» an’anasi rivojlanişiga erişiş ekan.

Biz guvohi böldik, zamonaviy dastgohlarni boşqarayotgan, laboratoriyalarda mehnat qilayotganlarning barçasi yoşlar. Korxonada yoşlar uçun imkoniyat yaratilgan, ularning bilim oşirişi va işlaşi uçun şaroit hozirlangan — demakki, «SULTON TEX GROUP»ni hali yorqin kelajak kutib turibdi.

Şuhrat Şokirjonov, Kun.uz muxbiri.
Tasvirçi va montaj ustasi: Faxriddin Hotamov. Ⓣ










