O‘zbekiston | 19:56 / 07.10.2022
8734
4 daqiqa o‘qiladi

Kelajak tomchilatib sug‘orishda – To‘rtko‘llik fermerlar    

Ekin maydonlariga suv yetkazish masalasi og‘ir bo‘lgan Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumani yerosti suvlari yaqinligi va tuproqda sho‘r miqdorining kuchliligi sabab hosildorlik past bo‘lib kelgan. Paxta va g‘allani an’anaviy usulda sug‘orish oqibatida nihol nobud bo‘lishi, 100 foiz sepilgan urug‘dan 65-70 foizigina unib chiqishi kuzatilgan. Suv resursi kam, buning ustiga hosilning nobud bo‘lishidan fermerlar ko‘p aziyat chekkan. “Omad start” kompaniyasi to‘rtko‘llik fermerlarga mana shunday sharoitda o‘simlikni nobud qilmay, yaxshi hosil olish bo‘yicha innovatsion yechim olib kirdi.  Tomchilatib sug‘orish va yomg‘irlatib sug‘orish usuli orqali dehqonlar ilk natijalarni olishni boshlashdi.

15-22 sentner 40 sentnerga aylandi

To‘rtko‘l tumanidagi “Dilshod A” fermer xo‘jaligi rahbari Ozod Otajonov Amudaryoga yaqin joyda joylashgan yerlaridan avvallari 15-22 sentner atrofida paxta hosili olgan. Tomchilatib sug‘orishni yo‘lga qo‘yganidan so‘ng esa aynan shu yerlardan 40 sentnerdan oshiq hosil olishni boshladi. Fermer tomchilatib sug‘orish afzalliklarini sanab o‘tdi. Uning aytishicha, tomchilatib sug‘orishda ko‘llatib sug‘orishda nobud bo‘ladigan hosil saqlanib qoladi. Shu bilan birga mineral o‘g‘itlar har bir o‘simlik ildiziga birday yetib boradi. Bundan tashqari, bir qatorga suv tomchilashi va bir qatorda quruq tuproq bo‘lishi o‘simlik ildiziga ham namlik, ham issiqlik borib turishiga sabab bo‘ladi. Bu esa paxta o‘simligining yaxshi rivojlanishiga zamin yaratadi.

65-70 foizdan 100 foizga nihol unishi

To‘rtko‘llik fermerlar g‘alla ekib, uni an’anaviy sug‘orishgan paytlari bug‘doy niholining 30-35 foizi nobud bo‘lgan. Bundan tashqari ko‘llatib sug‘orishda maxsus ariqlar yordamida suv yo‘naltirilgan va ariqlar joylashgan yerda bug‘doy yaxshi bo‘lmagan. Misol uchun “Dilshodxo‘ja” fermer xo‘jaligiga tegishli 8 gektarni oladigan bo‘lsak, shu yerdan ariqlar hisobiga salkam 1 gektar yer yo‘qotilgan. Yomg‘irlatib sug‘orish yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng esa, nihol 98-100 foiz unib chiqa boshladi. Yomg‘irlatib sug‘orish uchun ariqlar shart bo‘lmaganligi sababli yo‘qotishlarsiz, yerdan to‘liq hosil olinadigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, “Dilshodxo‘ja” fermer xo‘jaligi rahbari Dilshod Samandarovning so‘zlariga ko‘ra, yomg‘irlatib sug‘orishda ildiz atrofidagi tuproq qotib ketmaydi va mayin turadi, shu bilan birga 5-10 santimetr nam hosil bo‘lganligi sababli mineral o‘g‘it qabul qilinishi ham yuqori darajada bo‘ladi. Avvallari 20-25 sentner hosil olgan yeridan tomchilab sug‘orish uskunalarini mart oyida qo‘ygan bo‘lishiga qaramasdan hosilni 45 sentnerga oshirgan.

“Dilmurod Solijon” fermer xo‘jaligi rahbari Muhammadjon Ramatov an’anaviy sug‘orish jarayonlaridagi mashaqqatni sanab, tomchilab va yomg‘irlatib sug‘orish afzalliklarini aytib o‘tar ekan, kelajakda aynan shu ikki turdagi sug‘orish usullari bilan yaxshi natijalar qo‘lga kiritilishini ta’kidlaydi.

“Omad start” kompaniyasi

Murojaat uchun telefon: 95 651 11-11

Reklama

Mavzuga oid