Oliy Majlis Senatining öttiz uçinçi yalpi majlisida Tanzila Norboyeva Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yangi iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini ta’minlaş böyiça amalga oşirilgan işlarni örganiş natijalari töğrisida fikr bildirdi.

“Bandlik masalasini amaliy hal etişda muhim bölgan mehnat yarmarkalarini ötkaziş, ularning samaradorligini oşiriş, band qilingan aholiga tölanadigan iş haqi munosib mehnat standartlariga töliq javob berişi, bu borada xususiy korxonalar örtasida soğlom raqobatni ta’minlaşga qaratilgan qanday işlar mas’ullar tomonidan yölga qöyilgan? Kvotalangan iş örinlari qançani taşkil etadi? Va albatta, işga joylaşişga talabgor bölgan fuqarolarimiz örtasida, umuman olganda, hududdagi aholi örtasida qanday tarğibot işlari olib borilmoqda?Aholining hududdagi bandlik şart-şaroitlari borasida xabardorligi darajasi tegişliça taşkil etilmoqdami? Mutasaddilar bu masalalar buyiça yeçim berişi şart.

Gap mas’uliyat va talabçanlik haqida borar ekan, hududiy tuzilmalar ham öz işini tanqidiy körib çiqişi kerak. Joylarda işsiz aholi bilan bevosita ular işlaydi. Hududning öziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari va salohiyatini, avvalo, quyi taşkilotlar baholaşi kerak. Taklif, taşabbuslar ham pastdan çiqişi kerak, aslida.

Qoraqalpoğistonda köplab yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlari öz faoliyatini yölga qöygan. Şu bilan birga qator tadbirkorlik sub’yektlari öz faoliyatini töxtatgan yoki tugatgan (yetti oyda qariyb 2 900 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yekti taşkil etilgan bölsa, şu davrning özida ularning 900 ga yaqini yoki qariyb har uçtadan bittasi (30 foizi) faoliyatini töxtatgan). Sabab nima? Buni öylaş, örganiş, tahlil qiliş kerak.

Köp bora muhokama qilişimizga qaramasdan ayrim tizimli muammolar hamon saqlanib qolmoqda.

Bitta misol: Xorazm viloyatida hududiy investitsiya dasturi doirasida 19 ta loyihaga kredit mablağlarining ajratilmaganligi sababli yuzlab iş örinlari taşkil etilmasdan qolgan. 

Investitsiya va taşqi savdo vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari va viloyat hokimligi uşbu masalani çuqur örganib, bir oy muddatda Senatga axborot kiritişi zarur”, — deya ta’kidlab ötgan Tanzila Norboyeva.

Senat raisining qöşimça qilişiça, “Hunarmand” uyuşmasiga a’zo bölgan sub’yektlar YaTT şaklida soliq organlari bazasida hisobga olinişi lozim. Biroq bu borada aniq, şaffof mexanizmlar yetişmaydi. Ma’lumotlar özaro integratsiya qilinmagan. Hunarmandçilik yönalişidagi iş örinlarining aniq hisobi yöq. Soliqda boşqa raqam, Uyuşmada boşqa raqam. Sohaga ajratilgan kredit va subsidiyalarni özlaştirişda ham kamçiliklar bor.