Ma’lum qilinişiça, amaldagi qonun 1993 yilda qabul qilingan bölib, bugungi kun talablariga va standartlaştiriş sohasidagi xalqaro hujjatlarga mazmunan töğri kelmaydi. Yangi qonun 31 ta moddadan iborat bölib, uning maqsadi standartlaştiriş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdir.
Qonunda davlat standarti tuşunçasi majburiy bajariş ma’nosini anglatgani bois xorijiy tajribalarga tayangan holda «milliy standart» tuşunçasiga özgartirilmoqda. Çunki milliy standartlar ixtiyoriy asosda qöllanişi belgilanmoqda.
“Jahon Savdo taşkiloti, Standartlaştiriş böyiça xalqaro taşkilot va boşqa taşkilotlar talablariga muvofiq, işlab çiqaruvçilar iste’mol bozorlari yoki xorijiy bozorlarga kirib borişi hamda raqobatbardoşliligini oşirib borişi uçun standartlar ixtiyoriy asosda qöllanadi.
Qonunning qabul qilinişi bilan 18 mingdan ortiq standart majburiy tusdan ixtiyoriylikka ötadi. Şu bilan birga xalqaro, mintaqaviy va xorijiy standartlarni Özbekiston Respublikasida qöllaş tartibi joriy etilmoqda. Bunda ular Milliy organning qarori bilan milliy standartlar sifatida özgarişsiz qabul qiliş orqali qöllanadi”, – deyiladi Senat axborotida.
Bundan taşqari, turli xil idoralar kesimida standartlaştiriş böyiça işlarni alohida-alohida olib boriş amaliyoti bekor qilinib, standartlarni ekspertizadan ötkaziş, tasdiqlaş, röyxatga oliş, yangilaş töğrisida qarorlar qabul qiliş vakolati standartlaştiriş böyiça Milliy organ – Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi huzuridagi Özbekiston Standartlar institutiga berilmoqda. Şuningdek, standartlaştiriş faoliyatini taşkil etiş tartibi aniq belgilanmoqda.
“Soha va tarmoqlarda transformatsiya jarayonlari jadal keçmoqda. Ayrim tarmoqlarga nisbatan xalqaro darajadagi köp yillik çeklovlar olib taşlandi. Global savdo-iqtisodiy integratsiyalarga kirişiş bilan boğliq jarayonlar faollaşib bormoqda.
Bularning barçasi öz-özidan bölmaydi. Milliy standartlaştiriş tizimini zamon talablari darajasida takomillaştirmay turib, raqobatbardoş iqtisodiyotni barpo etiş muşkul.
Şu jihatdan qaraganda mazkur Qonun uşbu yöldagi sa’y-harakatlarning muhim tarkibiy qismi deyiş mumkin. Qonun sohada mustahkam huquqiy asos bölib xizmat qilişi barobarida katta vazifalar ham yuklaydi. Ilmiy-amaliy, taşkiliy-texnik, kadrlar kabi muhim masalalarni samarali hal qiliş talab etiladi.
Hukumat, mutasaddi va manfaatdor idora, taşkilotlar bunga alohida e’tibor qaratişlari zarur”, – dedi senat raisi Tanzila Norboyeva.
Qonun Özbekiston prezidenti imzolaganidan keyin, hujjatning özida belgilangan muddatda kuçga kiradi.












