Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel BMTning qoçqinlar işi böyiça Oliy komissarligi boşqarmasi tomonidan qoçqinlar manfaati yölidagi faoliyat uçun har yili beriladigan Nansen mukofotiga sazovor böldi. 10 oktyabr, duşanba kuni keçqurun Jyenevada bölib ötgan taqdirlaş marosimida Merkel uşbu nufuzli mukofotni 2015 va 2016 yillardagi migratsiya inqirozi davrida Germaniyada suriyalik qoçqinlarni qöllab-quvvatlagan odamlarga bağişlaşini ta’kidladi.

Kommunalar va jamoalardagi köplab odamlar, şuningdek, köplab köngillilar öşa paytdagi qiyinçiliklarni yengişga yordam berişdi, deb eslaydi sobiq kansler: «Mening fikrimça, bu mukofot, birinçi navbatda, öşa paytda yordam bergan son-sanoqsiz odamlarga möljallangan. Vaziyatni nazoratga olganimiz uçun, uni yengib ötganimiz uçun ularga rahmat aytişimiz kerak».

Şu bilan birga, nemis siyosatçisi qoçqinlar huquqlarini hurmat qilişga va bu odamlar ta’qib qilinişi mumkin bölgan mamlakatlarga heç kimni qaytarib yubormaslikka çaqirdi.

Mukofotning 150 000 AQŞ dollari (taxminan 154 000 yevro) miqdoridagi pul qismi törtta mintaqaviy laureatga, xususan, iroqlik ayol şifokor va Kosta-Rikada 50 yildan beri qoçqinlarga yordam berib kelayotgan ayolga teng ravişda berildi.

Merkelning 2015-2016 yillardagi migratsiya inqirozi avjiga çiqqan paytda aytgan «Biz buni hal qila olamiz» iborasi keng tarqaldi. U BMTning qoçqinlar işi böyiça oliy komissari italiyalik Filippo Grandi tomonidan nemis tilida bir neça marta takrorlangan. «Uşbu mukofot sobiq kansler uçun e’tirof belgisidir, çunki u hukumatni boşqargan va tegişli qarorlar qabul qilgan», dedi u hakamlar hay’ati tanloviga izoh berib.

Grandi sözlariga köra, «dunyo böylab öz uyini taşlab ketişga majbur bölganlar soni 100 million kişidan oşgan bir paytda, boşqa davlat va hukumatlar rahbarlari Merkeldan namuna olişi kerak».

Merkelning öz vatanidagi fuqarolar uruşidan qoçgan 1,2 million suriyalik uçun çegaralarni oçiş qarori Germaniyada qarama-qarşi fikrlarga sabab böldi. Ayniqsa, Germaniya Federativ Respublikasining öşa paytdagi içki işlar vaziri Horst Zeyexofer va şarqiy federal hududlar aholisi uni tanqid qilişgan.

Har yili beriladigan Nansen mukofoti 1954 yilda qoçqinlar işi böyiça Millatlar ligasining birinçi oliy komissari, norvegiyalik Arktika tadqiqotçisi va gumanist Fritof Nansen şarafiga ta’sis etilgan.