Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya sobiq kansleri Angela Merkeldan 2007 yilda Soçidagi uçraşuvlaridan birida Koni laqabli labradori qatnaşgani uçun oçiqçasiga uzr söradi. «Men unga yana aytaman: Angela, meni keçir, men senga bunday ruhiy oğriq keltirişni xohlamagandim, aksinça, suhbatimiz uçun qulay muhit yaratmoqçi edim», — dedi Putin jurnalistlar iltimosiga köra Merkelning voqeani tasvirlab bergan xotiralaridan parçalar böyiça.

Germaniya sobiq kansleri Putin itni uning qörquvini bila turib, ataylab içkariga kiritgan, deb hisoblaydi, çunki Rossiya tomoni bu haqda avvalroq ogohlantirilgan. Putinning ta’kidlaşiça, u kanslerning qörquvi haqida bilmagan.

Merkel: Menda heç qaçon Putin böyiça illyuziyalar bölmagan

Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2000 yilda birinçi marta prezidentlikka kelganida Ukrainaga hujum qiliş rejasiga ega bölmaganini aytdi. Katta ehtimol bilan, u hokimiyatda bölgan vaqtida bunday fikrga kelgan va Ğarb Rossiya bilan munosabatlarda «hammasini töğri qildimi» yoki yöqmi, şu haqda savol berişi kerak, dedi u 22 noyabr kuni naşr etilgan Der Spiegel haftaligiga bergan intervyusida. 

«Men bu savolga aniq javob bera olmayman. Oçiğini aytsam: Putinning Ukrainaga hujumini oqlaydigan biron bir sabab yöq. Ammo Ğarbda birdamlik bölsa yaxşi bölardi. Biz kutilganidek kuçli bölolmadik», — dedi u.

Merkelning aytişiça, u Putin haqida «heç qaçon illyuziyalarga ega bölmagan». «U har doim diktatorlik tendensiyalariga ega edi, men köpinça uning xotirjamligidan ğazablanardim», dedi sobiq kansler.