Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston universitetlari Misr Arab akademiyasi bilan hamkorlik qilishni boshlaydi
O‘zbekiston vakillari Fan, texnologiya va dengiz transporti Arab akademiyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etdi.
O‘zbekiston elchixonasi vakillari Arab davlatlari uyushmasi (ADU) huzuridagi Fan, texnologiya va dengiz transporti Arab akademiyasi Misr Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda uyushtirgan Osiyo davlatlari elchilari ishtirokida uchrashuvda qatnashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Akademiya rektori Ismoil Farag oliy ta’lim muassasasi faoliyati haqida so‘zlar ekan, 1972 yilda Iskandariya shahrida tashkil etilgan ushbu akademiya marketing, buxgalteriya, moliya-bank ishi, elektronika va kommunikatsiya, qurilish, IT-texnologiyalari, turizm, jurnalistika, farmatsevtika va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashi barobarida Osiyo va Afrika davlatlari mutaxassislari uchun o‘quv kurslari tashkil etishi hamda qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirishini aytdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu oliy ta’lim dargohida 350 ming talaba tahsil oladi, uning ta’lim dasturlari arab davlatlari oliy ta’lim va transport vazirliklari takliflaridan kelib chiqqan holda tuzilgan. Yuqori sifatli ta’lim yo‘lga qo‘yilgani sababli uning talabalari ko‘plab xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Osiyo davlatlari elchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda O‘zbekiston universitetlarining Arab akademiyasi bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
08:19
Misr «Yangi Nil»ni barpo etmoqda: ulkan loyiha mamlakat kelajagini o‘zgartira oladimi?
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026