Fan-texnika | 21:40 / 13.10.2022
59493
1 daqiqa o‘qiladi

Viruslarni «so‘ruvchi» dunyodagi birinchi changyutgich taqdim etildi

Dyson kompaniyasi mikrozarralar va viruslarni so‘rib olish xususiyatiga ega dunyodagi birinchi changyutgichni taqdim etdi.

Foto: Dyson

Dyson kompaniyasi Gen5detect changyutgichini taqdim qildi. Ishlab chiqaruvchi bayonotiga ko‘ra, u mikrozarralar va COVID-19 kabi viruslarning molekulalarini so‘rib olish xususiyatiga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi maishiy texnika hisoblanadi.

Bu xususiyatga changyutgichning noyob dizayni va 0,1 mikrongacha bo‘lgan zarrachalarni ushlab qolish xususiyatiga ega HEPA-filtr o‘rnatilgan germetik rezervuari tufayli erishilgan. Dvigatelning o‘ziga xos joylashuvi chiqindi bo‘limiga kirgan havo to‘liq tozalanganidan so‘ng tashqariga chiqarib yuborilishini ta’minlaydi.

Gen5detect daqiqasiga 135 ming marta aylanadigan dvigatelga ega. Uning akkumulyatori 70 daqiqa davomida uzluksiz ishlashi mumkin. Chiqindi idishining hajmi 0,77 litr, changyutgichning og‘irligi esa 3,5 kg.

Yangi changyutgich qachon sotuvga chiqishi va uning narxi qancha bo‘lishi haqida xabar berilmagan.

Mavzuga oid