Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) koronavirusga çalingan bemorlarni davolaşga doir tavsiyalarini yangiladi. Mazkur qöllanma COVID-19 kasalligini muolaja qilişga taalluqli yangi usullarning klinik sinovlari böyiça jamlangan sönggi xulosalarga asoslangan.
Yangi tavsiyalarga köra, koronavirus tufayli şifoxonaga yotqiziş xavfining uç asosiy toifasi mavjud: yuqori, örta va past.
Körsatmalar gospitalizatsiya xavfi yuqori va örta bölgan bemorlarda virusga qarşi nirmarelvir-ritonavir preparatini qöllaş böyiça tavsiyalarni öz içiga oladi. Unga muvofiq, şifoxonaga yotqiziş xavfi örta yoki past bölgan va xastalik yengil ötayotgan bemorlarga remdesivir hamda molnupiravir dorilarini qöllaş tavsiya etilmaydi.
Bu preparatlardan faqat yuqori xavf guruhiga mansub kişilarda tibbiy körsatmaga köra foydalaniş taklif etiladi.
Öz navbatida, virusga qarşi yangi W116 preparatini klinik sinovlardan taşqari, kasallikning oğirligidan qat’i nazar, har qanday darajasida qöllaş tavsiya etilmaydi. Bunday çeklov koronavirusga çalingan bemorlarda ivermektin dorisini qöllaşda ham amal qilişi maqsadga muvofiq.
Mutaxassislar fikriça, yangi tavsiyalar COVID-19 kasalligining ayni paytdagi faol mutatsiya va subvariantlariga xos xususiyatlar hamda global emlaş jarayonidan keyin insonlar immunitetida hosil bölgan ijobiy özgarişlarni hisobga olgan holda işlab çiqilgan.













