Putin «Valday» doirasida sahnada 3 soat-u 40 daqiqa davomida böldi. Avvalida öz nutqini sözladi, keyin siyosatçilarning savollariga javob qaytardi. Nutqi davomida Ukraina masalasida deyarli gapirmadi, asosan Ğarbning «göriga ğişt qaladi», köplab rossiyalik maşhurlardan iqtibos keltirdi. Hatto Qosim Sulaymoniyning öldirilişi masalasiga töxtaldi.

«Odamlar ölyapti, lekin Rossiya kelajagi uçun foyda»

Putinning aytişiça, Ukrainadagi uruş Rossiyaning avvalo kelajagi uçun köp narsa beradi. Tabiiyki Putin uruş sözini tilga olmadi: «Maxsus harbiy amaliyot» doirasidagi yöqotişlar haqida doim öylayman, ha, iqtisodiy zararlar ham bor. Ammo katta yutuqlar yöq emas. Bölayotgan voqealar oxir-oqibat Rossiya foydasiga xizmat qiladi, uning kelajagiga ham».

Putinning fikriça, Rossiya biznesi endi özi oyoqqa turiş haqida öylaydi va bu mamlakat uçun foydali, Rossiyadan çiqib ketgan Ğarb kompaniyalari esa hali ortga qaytişni orzu qilişadi.

Ma’lumot uçun, 8 oydan buyon davom etayotgan uruş davomida Rossiya iqtisodiyoti katta zarar kördi, YaIM tuşib ketdi, Markaziy bank valuta çeklovlari joriy qildi va iqtisodiyot qayta qurilişiga tayyor bölişga çaqirdi.

Uruş nega aynan şu yil boşlandi?

Putin sahnadaligida mederator Rossiya Ukrainaga nega aynan şu yilda bostirib kirgani haqida söradi. Albatta, töğridan töğri bunday deb söragani yöq, çunki Rossiyada Ukrainadagi uruşni uruş yoki bosqin deb ataş jinoyatga tenglaştirilgan. U «maxsus harbiy amaliyot» nega 2022 yilda boşlanganini söradi.

Bu savolga javob berar ekan, Putin NATOning kengayişi va Minsk kelişuvi bajarilmagani töğrisidagi doimiy iddaolarini takrorladi-da, keyin Rossiya 2014 yildagi voqealardan keyin Donbassda nimadir qilişi zarur bölganini aytdi. Putinga köra «öşa nimadir» özini mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» va «LXR»ni tan olib, ularni Rossiya tarkibiga qöşib oliş bölgan. Bu işlarni amalga oşiriş uçun esa operatsiya ötkaziş zarur bölgan.

Vaholanki, 2021 yil oktyabr oyidan buyon AQŞ razvedkasi Rossiya Ukrainaga bostirib kirişi haqida xabar berib kelgan, Moskva buni provokatsiya deb atagandi. Hattoki Kiyev bu ma’lumotlar börttirilgani haqida bayonot bergan. Uruş boşlanişida Rossiya Ukraina hududlarini öz tarkibiga qöşib olişni istamayotganini bildirgandi, hozirga kelib esa «referendum» ötkazib, Qrimdan keyin Ukrainaning yana törtta hududini annexia qildi.