Vengriya mamlakatning şimoli-şarqiy qismida, Ukraina bilan çegaraga yaqin hududda havo hujumidan mudofaa tizimlarini örnatişni rejalaştirmoqda. Bu haqda 20 noyabr, çorşanba kuni keçki payt mamlakat mudofaa vaziri Kristof Salay-Bobrovnitskiy ma’lum qildi. «Biz tinçlikka harbiy yöl bilan emas, balki imkon qadar tezroq diplomatiya yöli bilan erişilişiga işonişda davom etamiz», dedi mudofaa idorasi boşliği özining Facebookʼdagi sahifasida Ukrainadagi voqealarni muhokama qiliş uçun boş vazir Viktor Orban tomonidan çaqirilgan Mudofaa kengaşi yiğilişidan söng e’lon qilingan videoda. «Biroq, barça ssenariylarga tayyorgarlik köriş uçun men şimoli-şarqda yaqinda sotib olingan havo harakatini boşqariş va havo mudofaa tizimlarini örnatişni buyurdim», dedi vazir.
Vazir: Uruş eskalatsiyasi xavfi har qaçongidan ham jiddiy
U bu qarorini Ukrainaning Rossiyaga çuqur zarba beriş uçun ATACMS Amerika raketalaridan foydalanişi fonida mojaroning kuçayişi tahdidi bilan izohladi. Uning sözlariga köra, Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşning avj oliş xavfi har qaçongidan ham katta.
Vazir Vengriya havo hujumidan mudofaa tizimining qaysi qismlari mamlakat şimoli-şarqida örnatilişiga aniqlik kiritmadi. 2023 yilda Vengriya Fransiyaning «Mistral» havo mudofaa tizimlarini sotib oldi. 2020 yilda Budapeşt Norvegiyaning Kongsberg kompaniyasi va Amerikaning qurol işlab çiqaruvçi Raytheon Technologies kompaniyasidan NASAMS havo mudofaa tizimlarini xarid qilgan.








