Bir yilça avval ijara uyimga bir qölimda oğir yuk, bir qölimda bolam bilan yetib keldim. Eşik qulf ekan. Uy egasiga qönğiroq qildim. Farzandidan yarim soatda kalitni berib yuborişini aytdi.

Qişning kunida yoş bolani yarim soat sovuqda kötarib turiş azob, şamollab qolmasin deb qörqadi odam. Singlim ikkimiz yuklarni eşik oldiga qöyib, farzandimni bağrimga bosib tursam, törtinçi qavatdan bir onaxon tuşib keldi:

«Assalomu alaykum. Bu yerda nima qilib ötiribsizlar?»

Mehribonlik bilan berilgan bu savol öşa damda «Zumrad va Qimmat» ertagidagi sehrgar momoni eslatib yubordi. Salom berib vaziyatni tuşuntirdik.

«Bu yerda ötirmanglar, qani turinglar, menikiga kiramiz», — deb qöyarda qöymay uyiga boşladi.

Onaxon bir zumda oldimizga dasturxon yozib, uni noz-ne’matlar bilan töldirib taşladi. Saylovga ketayotganini, yarim soatlarda özi ham qaytişini, öz uyimizdek çoy içib ötirişimizni aytib çiqib ketdi.

Uyda bizdan boşqa heç kim yöq. Men singlimga, singlim menga qaraydi. Tavba, hozir ham şunday odamlar bor ekan-da, deymiz. Bir öylang-a, kim tanimagan, bilmagan odamini uyiga olib kiradi? Mehmon qilib, uyini oçiq qoldirib çiqib ketadi?

Şu böldi-yu, qöşni xola bilan bordi-keldi qiladigan böldik. Tansiq taom qilganda ilinmasak köngil joyiga tuşmaydi. Men uçun qöşni xolaga aylangan Mavjuda opa juda kamtar ekan.

«Barçamiz musulmon bölsak, bir-birimizga kerak vaqtda yaramasak, e’tiqodimiz qayga ketadi», — deydi.

Bugun sözimiz sözimizga ulanib, asli Qaşqadaryodan bölgan qöşni xolamning poytaxtga kelib qoliş tarixiga qiziqdim. Gapni gap oçadi, deganlaridek, gurungimiz mavzusi borib ota-onalariga taqaldi.

«Öqiganimda hokim bölardim»

Maktabda bizga ateizm darslari ötilardi. Xudo yöq, derdi öqituvçilarmiz. Bola emasmizmi, şunga işonganmiz. Uyga kelib onamga maktabda örgangan gapimni aytsam, tez tavba qil, deb kalimai şahodatni ayttirardilar.

Onam beş vaqt ibodatini ham, işini ham qöymaydigan ayol edi. Bobomning uç öğil bir qizlari bölgan ekan. Doim onamni yelkalariga mindirib, amakilari bilan kuraş tuşirtirib yurgan ekanlar. Bobom kelbatli inson edi. Doim eşak minib yurardi. Onam bitta qiz emasmi, biznikiga tez-tez kelardi.

Eşagidan tuşmasdan «nimang bor?», der edi onamga. Suyuq ovqat içmas edi. Onam darrov bir tansiq taomga unnardi. Bobom «bölmasa kerakmas, urinma», deb ketişga şaylansa şartta anorni olib ezardi-da, suvini piyolaga siqib tutardi. Eşagidan tuşmasdan anor suvini simirgan bobom bay-bay deya, dimoği çoğ bölib, yölida davom etardi.