Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan beri Moskva va Ostona örtasidagi munosabatlar jiddiy özgardi. Köp yillik strategik şeriklikdan söng Rossiya Qozoğistonga nisbatan kamroq ta’sir kuçiga ega bölib boryapti. Ostona na özini özi mustaqil deb e’lon qilgan «LXR» va «DXR» mustaqilligini, na Ukraina hududlarining Rossiyaga qöşib olinişini tan olmadi. Ayni paytda, Qozoğiston ğarbning Rossiyaga kiritgan sanksiyalarini ham qöllab-quvvatlamadi. Qozoğiston taşqi işlar vaziri örinbosari Roman Vasilenko bu pozitsiyani «muvozanatli» deb atab, bu, birinçi navbatda, mamlakatning öz milliy manfaatlariga asoslanişi bilan izohladi.
«Qozoğiston muvozanatli pozitsiyani egallaydi. Biz har qanday sörovlarga hozirça oçiqmiz va u yoki bu vositaçi rolini öynaşga tayyormiz», dedi Qozoğiston TIV rahbari örinbosari DW'ning «Aniq nuqtaga» tok-şousi maxsus sonida. Uning sözlariga köra, Ostona Rossiya va Ukraina örtasidagi qurolli mojaroni muzokaralar stolida diplomatik yöl bilan hal etiş tarafdori.
Köpçilik kuzatuvçilarning ta’kidlaşiça, Ostona sönggi paytlarda Moskvadan uzoqlaşmoqda. Ammo Qozoğiston «Rossiyadan qarama-qarşi tomonga uzoqlaşmoqda» degan fikr töğri emas, deydi Vasilenko: «Qozoğiston va Rossiyani dunyodagi eng uzun çegara – 7500 kilometr birlaştiradi. Qozoğistonda Qozoğiston fuqarolari bölgan 3,5 million etnik ruslar yaşaydi. RFda Rossiya fuqarolari bölgan 1,5 million qozoğistonlik bor. Qozoğiston uçun Rossiya eng yirik savdo şerigi hisoblanadi. Qozoğiston va Rossiya Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining ta’sisçi davlatlari hisoblanadi. Qozoğistonda Rossiya iştirokidagi 11 mingta kompaniya bor. Bunday vaziyatda ortga qaytişning iloji yöq».
Qozoğiston xalqaro siyosatining asosi - köp vektorli pozitsiya, deydi Vasilenko: Ostona barça davlatlar, jumladan, ğarb bilan ham iqtisodiy aloqalarni rivojlantirişga intiladi. Vazir örinbosarining sözlariga köra, Qozoğiston iqtisodiyotiga kiritilgan 390 milliard dollar sarmoyaning 170 milliard dollari Yevropa, 50 milliard dollari esa Amerika sarmoyalaridir. «Rossiya eng yirik sarmoyadorlar öntaligiga kiradi, lekin u eng yirik investor emas: eng yirik infratuzilma loyihalariga, xususan, neft va gazga sarmoyadorlar ğarb va Xitoy kompaniyalaridir», — deb ta’kidlaydi siyosatçi.
Vasilenkoning aytişiça, Yevropa Ittifoqi Qozoğistonga tobora köproq e’tibor qarata boşladi. «Şu yillar davomida savdo, iqtisodiy siyosatimizni, iqtisodiy hamjamiyatni va siyosiy munosabatlarimizni diversifikatsiya qiliş böyiça ança faol harakatlar amalga oşirildi. Yevropaliklar «örta yölak»ni rivojlantirişdan manfaatdor, bu orqali biz öz tovarlarimizni yoki Xitoy tovarlarini Kaspiy dengizi, Ozarboyjon, Gruziya va Turkiya orqali Yevropaga olib ötişda davom etamiz», — dedi Roman Vasilenko.












